Moskvadagi bozorlardan birida migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil politsii v Moskve
Avtomobil politsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Obuna bo‘lish
"Novaya Moskva"da ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 8 nafar migrant qo‘lga olindi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Politsiya "Novaya Moskva"dagi bozorda ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 8 nafar nolegal migrantni qo‘lga oldi.
Moskva politsiyasi matbuot xizmati rahbari Vladimir Vaseninning so‘zlariga ko‘ra, jinoiy ish qo‘zg‘atilib, 89 ta ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Politsiya va Rosgvardiya xodimlari Admiral Kornilov ko‘chasidagi "StroyMaster" bozorida ommaviy mushtlashuvni to‘xtatishdi.

"Xizmatlarni ko‘rsatish borasidagi kelishmovchiliklar tufayli mojaro yuzaga kelganligi aniqlandi. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida huquqni muhofaza qilish idoralari 8 nafar gumonlanuvchi - 22 yoshdan 48 yoshgacha bo‘lgan erkaklarni qo‘lga olishdi", - dedi Vasenin.

Qo‘lga olingan migrantlar bozorda yukchi bo‘lib ishlaydi. Video mojaroda kamida 15 kishi ishtirok etgani aks etgan.
Fakt bo‘yicha bezorilik (RF Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga binoan aybdorlar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilishlari mumkin. Barcha gumonlanuvchilar tilxat asosida qo‘yib yuborilgan.
Politsiya mushtlashuv boshqa ishtirokchilarini aniqlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0