https://oz.sputniknews.uz/20210709/moskvada-xorij-fuqarolarini-ommaviy-emlash-qanday-tashkil-qilingan-19607547.html
Moskvada xorij fuqarolarini ommaviy emlash qanday tashkil qilingan?
Moskvada xorij fuqarolarini ommaviy emlash qanday tashkil qilingan?
Sputnik O‘zbekiston
Yaqinda Moskva markazidagi "Lujniki" olimpiya stadionida xorijiy fuqarolarni ommaviy emlash markazi ochildi. Uning kunlik quvvati 15 ming kishi. 09.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-09T13:02+0500
2021-07-09T13:02+0500
2021-07-09T13:09+0500
kolumnistlar
moskva
migratsiya
vaksina
sputnik layt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19607859_0:0:3017:1697_1920x0_80_0_0_94f59a3a669ddbe15d69cf6e57494218.jpg
Moskva shahrida chet el fuqarolari uchun yangi vaksinatsiya punkti ochildi. U yerda emlash jarayoni qanday yo‘lga qo‘yilgan, ushbu xizmat necha pul turadi va uni olish uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida Sputnik maqolasida.Iyun oyining oxirida Moskva hukumati chet ellik ishchilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash kampaniyasini boshlab yubordi. Dastur doirasida Rossiya poytaxtida ikkita emlash punkti ishga tushdi: Saxarovo qishlog‘ida joylashgan migratsiya markazida hamda “Sadovod” savdo majmuasida. Undan bir hafta o‘tib esa, Moskva meri Sergey Sobanin “Lujniki” olimpiya majmuasida yangi emlash markazi ochilganini e’lon qildi. Rossiya hukumatining maxsus buyrug‘iga ko‘ra, 15-iyulga qadar Moskvada faoliyat yuritayotgan savdo va ommaviy ovqatlanish kompaniyalari o‘z xodimlarining kamida 60%ini emlashi kerak. Saxarovo qishlog‘idagi Migratsiya markazi va "Sadovod" majmuasidagi emlash punktlari quvvati kuniga – 4 ming kishini tashkil qilsa, "Lujniki"dagi ommaviy emlash markazi kuniga - 15 tisach kishini emlashi mumkin.Vaksinalash narxi – 1300 rubl, xususiy shaxslar uni joyida onlayn to‘lashi mumkin, naqd pul bilan to‘lashda virus yuqishini oldini olish maqsadida. Biz bir komponentli "Sputnik Layt" vaksinasidan foydalanamiz, - deydi Mariya Sokolova. – Bu Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan, mutlaq xavfsiz vaksina. Uning tarkibida inson uchun xavfli bo‘lgan virus yo‘q va u hujayra va gummoral immunitet shakllantiradi.Yangi emlash majmuasining maydoni 145 gektarni tashkil qiladi. Bunday yirik maydon vaksinalash markazi sifatida ataylab tanlangan, deb tushuntirishdi markaz tashkilotchilari. Xorijiy fuqarolarni emlash uchun sport arenasining C va D sektorlari va tribunalar ostidagi hududlar ajratildi. Undan tashiari bu yerda vaksinalar solingan muzlatgich kameralar ham saqlanadi. Shuningdek shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalari saqlanadigan omborxonalar ham bor. Ommaviy emlash punkti xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bu yerga Rossiya fuqarolari ham kelishlari mumkin. Markaz har kuni dam olishsiz soat 10:00 dan 22:00ga qadar ishlaydi. “Lujniki” stadioniga kirish joyida vonlontorlar navbatchilik qilishmoqda. Ular kelayotganlarga kerakli joyni tezroq topishda yordam berishmoqda. Moskvada "Lujniki"dan boshqa yana 25ta poliklinikalarda emlash punktlari ochilgan bo‘lsa-da, xorijiy fuqarolar uchun aynan “Lujniki” eng ommaviy emlash markaziga aylandi. Sabab – uning shahar markazida qulay joylashgani, shuningdek emlash tez oson o‘tkazilishida bo‘lsa kerak, - deydi Sokolova, emlash korpuslaridan birining rahbari. “Bizda bu yerda uchta korpus bor. Yuridik shaxslar xodimlari uchun va xususiy shaxslar uchun. Ish beruvchilar tomonidan tashkillashtirilgan tartibda olib kelinayotgan ishchilar guruhlarini ham emlayapmiz. Shuningdek vaksina olishga qaror qilgan xususiy shaxslarni ham”, - deydi shifokor. “Lujniki”da Moskva shahridagi “Moi dokumenti” davlat xizmatlari markazlari xodimlari ham ishlayapti. Ular hujjatlarni tekshirib, vaksinalash haqida sertifikatga ma’lumotlarni kiritishmoqda. Sertifikat darhol emlangan kishining qo‘liga beriladi, 21 kun o‘tib esa uning mobil telefoniga QR-kod keladi.SMS orqali QR-kod olish tartibi yaqinda joriy etildi. Shu sababli YeOII davlatlari fuqarolari, agar ularda yashashga ruxsatnoma bo‘lmasa, mos.ru portalida ayrim muammolarga duch kelmoqda. Sistema patent nomeri kiritishni talab qilmoqda. YeOII fuqarolariga esa patent kerak emas. Bunday vaziyatda portal texnik xizmatiga murojaat qilish kerak. Murojaatnomaga sertifikat rasmini qo‘shib jo‘natish kerak. Ommaviy emlash markazida 25 nafar shifokor va 99 nafar hamshiralar ishlaydi. Vaksinalash joyi bir biridan 1,5 – 2 metr masofada joylashgan. Har bir zalga kirish joylari alohida ajratib qo‘yilgan. Bunday keng joyning faqat bir kamchiligi bor. Bunday sharoitda vaksina oluvchilar va shifokorlar bir birlarishi eshitishi mushkul. Shu sababli tibbiyot xodimi joy bo‘shagan zahoti katta ko‘k bayroqni ko‘rsatadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210627/putin-15-iyulgacha-mehnat-migrantlarini-emlashni-tashkil-etish-boyicha-topshiriq-berdi-19430287.html
https://oz.sputniknews.uz/20210618/moskvada-migrantlarni-sputnik-layt-bilan-emlash-boshlanadi--sobyanin--19296686.html
https://oz.sputniknews.uz/20210628/moskvada-migrantlarni-emlash-punkti-ochildi-19442328.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/09/19607859_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_078cfb8495b8d741047e6c5a6b25d103.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Danara Kurmanova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/34/11183496_316:287:730:701_100x100_80_0_0_2081302326330070bf242444fe5c43bb.jpg
kolumnistlar, moskva, migratsiya, vaksina, sputnik layt
kolumnistlar, moskva, migratsiya, vaksina, sputnik layt
Moskvada xorij fuqarolarini ommaviy emlash qanday tashkil qilingan?
13:02 09.07.2021 (yangilandi: 13:09 09.07.2021) Yaqinda Moskva markazidagi "Lujniki" olimpiya stadionida xorijiy fuqarolarni ommaviy emlash markazi ochildi. Uning kunlik quvvati 15 ming kishi.
Moskva shahrida chet el fuqarolari uchun yangi vaksinatsiya punkti ochildi. U yerda emlash jarayoni qanday yo‘lga qo‘yilgan, ushbu xizmat necha pul turadi va uni olish uchun qanday hujjatlar kerakligi haqida Sputnik maqolasida.
Iyun oyining oxirida Moskva hukumati chet ellik ishchilarni koronavirusga qarshi ommaviy emlash kampaniyasini boshlab yubordi. Dastur doirasida Rossiya poytaxtida ikkita emlash punkti ishga tushdi: Saxarovo qishlog‘ida joylashgan migratsiya markazida hamda “Sadovod” savdo majmuasida. Undan bir hafta o‘tib esa, Moskva meri Sergey Sobanin “Lujniki” olimpiya majmuasida yangi emlash markazi ochilganini e’lon qildi.
Rossiya hukumatining maxsus buyrug‘iga ko‘ra, 15-iyulga qadar Moskvada faoliyat yuritayotgan savdo va ommaviy ovqatlanish kompaniyalari o‘z xodimlarining kamida 60%ini emlashi kerak. Saxarovo qishlog‘idagi Migratsiya markazi va "Sadovod" majmuasidagi emlash punktlari quvvati kuniga – 4 ming kishini tashkil qilsa, "Lujniki"dagi ommaviy emlash markazi kuniga - 15 tisach kishini emlashi mumkin.
Sayyohlarni emlamaymiz, - deydi 191 sonli Moskva poliklinikasi bosh shifokori Mariya Sokolova. – Faqat Rossiyada uzoq vaqtdan beri qonuniy yashab va ishlab kelayotgan xorijiy fuqarolar emlanadi. Pasport, SNILS, mehnat shartnomasi va patent kerak bo‘ladi. Agar talaba emlanish uchun murojaat qilsa biz undan o‘qishni tasdiqlovchi hujjat so‘raymiz”.
Vaksinalash narxi – 1300 rubl, xususiy shaxslar uni joyida onlayn to‘lashi mumkin, naqd pul bilan to‘lashda virus yuqishini oldini olish maqsadida.
Biz bir komponentli "Sputnik Layt" vaksinasidan foydalanamiz, - deydi Mariya Sokolova. – Bu Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan, mutlaq xavfsiz vaksina. Uning tarkibida inson uchun xavfli bo‘lgan virus yo‘q va u hujayra va gummoral immunitet shakllantiradi.
Yangi emlash majmuasining maydoni 145 gektarni tashkil qiladi. Bunday yirik maydon vaksinalash markazi sifatida ataylab tanlangan, deb tushuntirishdi markaz tashkilotchilari. Xorijiy fuqarolarni emlash uchun sport arenasining C va D sektorlari va tribunalar ostidagi hududlar ajratildi. Undan tashiari bu yerda vaksinalar solingan muzlatgich kameralar ham saqlanadi. Shuningdek shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalari saqlanadigan omborxonalar ham bor.
Ommaviy emlash punkti xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bu yerga Rossiya fuqarolari ham kelishlari mumkin. Markaz har kuni dam olishsiz soat 10:00 dan 22:00ga qadar ishlaydi. “Lujniki” stadioniga kirish joyida vonlontorlar navbatchilik qilishmoqda. Ular kelayotganlarga kerakli joyni tezroq topishda yordam berishmoqda.
Moskvada "Lujniki"dan boshqa yana 25ta poliklinikalarda emlash punktlari ochilgan bo‘lsa-da, xorijiy fuqarolar uchun aynan “Lujniki” eng ommaviy emlash markaziga aylandi. Sabab – uning shahar markazida qulay joylashgani, shuningdek emlash tez oson o‘tkazilishida bo‘lsa kerak, - deydi Sokolova, emlash korpuslaridan birining rahbari.
“Bizda bu yerda uchta korpus bor. Yuridik shaxslar xodimlari uchun va xususiy shaxslar uchun. Ish beruvchilar tomonidan tashkillashtirilgan tartibda olib kelinayotgan ishchilar guruhlarini ham emlayapmiz. Shuningdek vaksina olishga qaror qilgan xususiy shaxslarni ham”, - deydi shifokor.
Vaksina olish uchun, yaxshiy kayfiyat va kerakli hujjatlar to‘plamini olib S yoki D sektoriga kelish kerak. Bu yerda sizni administrator kutib oladi va kutish zonasiga kuzatib qo‘yadi. U yerda bir-ikki daqiqa kutib hujjatlarni to‘ldirish bo‘limiga o‘tasiz.
“Lujniki”da Moskva shahridagi “Moi dokumenti” davlat xizmatlari markazlari xodimlari ham ishlayapti. Ular hujjatlarni tekshirib, vaksinalash haqida sertifikatga ma’lumotlarni kiritishmoqda. Sertifikat darhol emlangan kishining qo‘liga beriladi, 21 kun o‘tib esa uning mobil telefoniga QR-kod keladi.
SMS orqali QR-kod olish tartibi yaqinda joriy etildi. Shu sababli YeOII davlatlari fuqarolari, agar ularda yashashga ruxsatnoma bo‘lmasa, mos.ru portalida ayrim muammolarga duch kelmoqda. Sistema patent nomeri kiritishni talab qilmoqda. YeOII fuqarolariga esa patent kerak emas. Bunday vaziyatda portal texnik xizmatiga murojaat qilish kerak. Murojaatnomaga sertifikat rasmini qo‘shib jo‘natish kerak.
Ommaviy emlash markazida 25 nafar shifokor va 99 nafar hamshiralar ishlaydi. Vaksinalash joyi bir biridan 1,5 – 2 metr masofada joylashgan. Har bir zalga kirish joylari alohida ajratib qo‘yilgan. Bunday keng joyning faqat bir kamchiligi bor. Bunday sharoitda vaksina oluvchilar va shifokorlar bir birlarishi eshitishi mushkul. Shu sababli tibbiyot xodimi joy bo‘shagan zahoti katta ko‘k bayroqni ko‘rsatadi.