Lavrov xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga keladi

© MID RFMinistr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Obuna bo‘lish
Lavrov xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga keladi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Toshkentda 15-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumanida ishtirok etadi.
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Markaziy va Janubiy Osiyo anjumanida kimlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi
Anjumanda O‘zbekiston prezidenti, Afg‘oniston prezidenti, Pokiston bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institut va kompaniyalar, yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 16-iyul kuni Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirlari Toshkentda mintaqadagi xavfsizlik, Afg‘onistondagi vaziyat va Markaziy Osiyoda narkotik moddalar savdosi va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0