Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 ayollar jamoasi MO chempioni bo‘ldi

© IA "Dunyo"Jenskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu U-17
Jenskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu U-17 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston, Eron va Tojikiston jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan bahsda o‘zbekistonlik qizlar g‘alaba qozonishdi.
TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 ayollar terma jamoasi “CAFA U-17 Women's Championship 2021” xalqaro turniri chempionligini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan o‘tkazilgan turnirda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Eron, Tojikistonning 17 yoshdan yosh bo‘lgan ayollar terma jamoalari ishtirok etgan.
O‘zbekiston terma jamoasi turnirda uchta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ochko to‘pladi. Sportchilarimiz "CAFA U-17 Women's Championship 2021" xalqaro turniri bosh sovrini va oltin medallari bilan taqdirlandi. Musobaqaning kumush medallari Eron (6 ochko) terma jamoasiga, bronza medallari esa Tojikiston futbolchi qizlariga nasib etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Laylo Rustullayeva 6 ta gol bilan “tur to‘purari” unvonini qo‘lga kiritdi. “Eng foydali o‘yinchi” nominatsiyasi esa eronlik futbolchi Zolfi Moxaddesexga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 11-7 iyun kunlari Tojikiston poytaxtida U-20 ayollar terma jamoalari o‘rtasida “CAFA U-20 Women's Championship 2021” xalqaro turniri o‘tkazilgan edi. O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan mazkur musobaqada yurtdoshlarimiz bilan birga Tojikiston, Eron, Qirg‘iziston va Afg‘oniston vakilalari ishtirok etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0