Dam olish kunlarida O‘zbekistonga Kavkazdan salqin havo oqimlari kirib keladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovParen s devushkoy u fontana vozle GABTA
Paren s devushkoy u fontana vozle GABTA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Obuna bo‘lish
Kechadan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga Kavkazdan antisiklon ta’siri ostida salqin havo oqimlari kirib keldi.
TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Dam olish kunlarida O‘zbekistonga Kavkazdan salqin havo oqimlari kirib keladi, deb xabar bermoqda "O‘zgidromet".
"Kechadan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga Kavkazdan antisiklon ta’siri ostida salqin havo oqimlari kirib keldi. Natijada havo haroratining biroz pasayganligi kuzatildi. Bugun bu jarayon respublikamizning markaziy hududiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi", - deyiladi xabarda.
Respublikaning aksariyat viloyatlarida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Usturtda kunning ikkinchi yarmida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.
Jenshina s zontikom idet po jare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2021
Jaziramadan saqlanish uchun tavsiyalar
Havo harorati 35-40 daraja issiqni tashkil etadi, ba’zi joylarda 42 darajagacha yetishi mumkin, Surxondaryo viloyatida 44-46 daraja issiq, shimolda 28-33 darajani tashkil etadi.
O‘zbekistondan salqin havo frontlari o‘tishi oqibatida ba’zi joylarda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun va ertaga changli bo‘ron bilan birga 25-30 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Dam olish kunlarida nisbatan salqin havo oqimlari respublikaning barcha xuxudlarini butunlay qamrab oladi, havo harorati kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda ba’zi joylarda 39 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Yangiliklar lentasi
0