Tolibon* Moskvada MO davlatlari chegarasidan o‘tmaslikka va’da berdi

© Sputnik / Yuliya Troiskaya / Mediabankka o‘tishMejafganskie peregovori nachalis v Katare
Mejafganskie peregovori nachalis v Katare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Obuna bo‘lish
Tolibon* barcha etnik guruhlar manfaatini hisobga olgan holda, muzokaralar yo‘li bilan Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatish va inson huquqlariga amal qilishga va’da berdi.
TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Tolibon* Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini kesib o‘tmaslikka hamda Afg‘onistondagi diplomatik missiyalarga tahdid qilmaslikka va’da berdi.
Rosiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Tolibon* harakatining Qatardagi ofisidan shayx Shaxobiddin Delavar boshchiligidagi delegatsiyasi hamda Rossiya prezidentining Afg‘onston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Qobulov ishtirok etdi.
Muzokaralarda Rossiya tomoni Afg‘oniston shimolidagi notinch vaziyat borasida o‘z xavotirlarini bildirdi hamda mojaroni Afg‘oniston hududidan tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ma’lum qildi.

Tolibon* vakillari, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini buzmaslikka hamda Afg‘onistondagi xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik missiyalari xavfsizligini kafolatlashlarini ma’lum qilishdi, - deyilgan TIV xabarida.

Shuningdek Tolibon* vakillari mamlakatda, barcha etnik guruhlar manfaatini hisobga olgan holda, muzokaralar yo‘li bilan Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatish, inson huquqlariga amal qilish va jumladan islomiy normalar va afg‘on an’analari doirasida ayollar huquqlarini ham saqlashga va’da berdi.
Undan tashqari Tolibon* Islomiy davlat* terrorchi guruhi jangarilariga qarshi keskin kurash olib borishi hamda mamlakatda fuqaro urushi tugaganidan so‘ng narkotik yetishtirishga qarshi kurashishga va’da berdi.
*Rossiya va dunyoning boshqa mamlakatlaridan ta’qiqlangan jangovar harakat.
Yangiliklar lentasi
0