https://oz.sputniknews.uz/20210708/samarqandda-koronavirus-bemorlarini-davolash-va-taqsimlash-markazi-yana-ish-boshladi-19594887.html
Samarqandda koronavirus bemorlarini davolash va taqsimlash markazi yana ish boshladi
Samarqandda koronavirus bemorlarini davolash va taqsimlash markazi yana ish boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, hozirda 100 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari markazda ishlashga jalb qilingan. 08.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-08T13:59+0500
2021-07-08T13:59+0500
2021-07-08T13:59+0500
jamiyat
samarqand
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/1b/15488493_0:140:3145:1909_1920x0_80_0_0_26d68a147596ad468aab4653c51dafdd.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash, ularga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Samarqand shahridagi taqsimlash markazi yana ish boshladi.Sport majmuasidagi 1000 o‘rinli davolash markazi o‘tgan yil avgust oyida tashkil etilgan va kasallanish ko‘rsatkichlari kamayishi bilan yopilgan edi.Ta’kidlanishicha, hozirda 100 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari markazda ishlashga jalb qilingan. Kasallik belgilari va asoratlari bir xil emas, o‘zgarib turibdi. Ayni paytda koronavirus yuqtirgan bemorlarda asosan, holsizlik, bo‘g‘imlar og‘rig‘i, diareya kuzatilmoqda. O‘tgan yil bemorlarda dastlabki bosqichda o‘pkada zararlanish kuzatilgan bo‘lsa, hozir kasallikning besh-oltinchi kunidan bu xavf yuzaga kelyapti. Bobojonov aholidan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlari hamda kasallikka qarshi emlash jarayonlarida faol ishtirok etishlarini so‘ragan.Eslatib o‘tamiz, hozirda Samarqand viloyatida 18 yoshdan oshgan aholini ommaviy emlash tadbirlari olib borilmoqda.2021 yil 7-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning soni 114 529 nafarni tashkil etmoqda. Kecha 490 kishida infeksiya aniqlangan. Shundan 31 nafari Samarqand viloyatida. Bundan tashqari, viloyatda kecha 46 kishida pnevmoniya qayd etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210706/ssv-koronavirus-va-pnevomoniyaga-chalinganlar-sonini-elon-qildi-19553832.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/1b/15488493_207:0:2938:2048_1920x0_80_0_0_716a2ea9b986d26e8de7a08d06712b4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, samarqand, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, samarqand, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Samarqandda koronavirus bemorlarini davolash va taqsimlash markazi yana ish boshladi
Ta’kidlanishicha, hozirda 100 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari markazda ishlashga jalb qilingan.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash, ularga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Samarqand shahridagi taqsimlash markazi yana ish boshladi.
Sport majmuasidagi 1000 o‘rinli davolash markazi o‘tgan yil avgust oyida tashkil etilgan va kasallanish ko‘rsatkichlari kamayishi bilan yopilgan edi.
“Shu paytgacha COVID-19 infeksiyasi aniqlangan bemorlar Samarqand shahridagi 340 o‘rinli ikkita maxsus shifoxonada davolanayotgan edi. Ammo bugungi kunda kasallikka chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli markazni qayta ochishga to‘g‘ri keldi. Bu yerda viloyatning turli hududlaridan keltirilayotgan bemorlarni davolash uchun barcha zarur tibbiy jihozlar mavjud, dori vositalari zaxirasi yaratilgan”, - deydi davolash va taqsimlash markazi rahbari, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ahmadjon Bobojonov. Uning so‘zlaridan O‘zA
iqtibos keltirgan. Ta’kidlanishicha, hozirda 100 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari markazda ishlashga jalb qilingan. Kasallik belgilari va asoratlari bir xil emas, o‘zgarib turibdi. Ayni paytda koronavirus yuqtirgan bemorlarda asosan, holsizlik, bo‘g‘imlar og‘rig‘i, diareya kuzatilmoqda. O‘tgan yil bemorlarda dastlabki bosqichda o‘pkada zararlanish kuzatilgan bo‘lsa, hozir kasallikning besh-oltinchi kunidan bu xavf yuzaga kelyapti.
Bobojonov aholidan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlari hamda kasallikka qarshi emlash jarayonlarida faol ishtirok etishlarini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Samarqand viloyatida 18 yoshdan oshgan aholini ommaviy emlash tadbirlari olib borilmoqda.
2021 yil 7-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning soni 114 529 nafarni tashkil etmoqda. Kecha 490 kishida infeksiya aniqlangan. Shundan 31 nafari Samarqand viloyatida. Bundan tashqari, viloyatda kecha 46 kishida pnevmoniya qayd etilgan.