https://oz.sputniknews.uz/20210708/saidov-bmt-qochoqlar-ishlari-boyicha-oliy-komissari-orinbosari-jilian-triggs-bilan-uchrashdi-19598597.html
Saidov BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari o‘rinbosari Jilian Triggs bilan uchrashdi
Saidov BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari o‘rinbosari Jilian Triggs bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi Toshkentga fuqarosizlik bilan bog‘liq masalalarni hal etishda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqladi. 08.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-08T16:58+0500
2021-07-08T16:58+0500
2021-07-08T16:58+0500
siyosat
qochoq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1427/05/14270544_0:180:3001:1868_1920x0_80_0_0_7621cd2caba9b02f39d05a206c15db03.jpg
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada BMT Bosh kotibining o‘rinbosari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati."7 iyul kuni Jenevada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi bilan BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissarining o‘rinbosari Jilian Triggs o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.Muloqot ishtirokchilari O‘zbekiston bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladilar.Keyingi yillarda BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi bilan o‘zaro munosabatlar ayniqsa faollashdi. Xususan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi tomonidan 2021-yil bo‘yicha Qo‘shma ish rejasi ishlab chiqildi va ushbu reja muvaffaqiyat bilan bajarilmoqda.Mazkur hujjat doirasida birgalikda milliy va mintaqaviy miqyoslarda seminar va o‘quv treninglari o‘tkazildi. Shuningdek, fuqarosizlik va qochoqlar masalalariga oid xalqaro normativ-huquqiy amaliyotni milliy huquqni qo‘llash amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun modullar ishlab chiqildi. Jilian Triggs uchrashuv asnosida prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda fuqarosizlikni kamaytirish sohasida muhim natijalarga erishilganini e’tirof etdi.Bundan tashqari u BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi Toshkentga fuqarosizlik bilan bog‘liq masalalarni, xususan, BMTning 1961-yilgi tegishli Konvensiyasining ratifikatsiya qilinishi orqali hal etishda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqladi.Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli bir qancha masalalar bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib oldilar.
https://oz.sputniknews.uz/20210708/tojikiston-afgon-qochoqlarini-qabul-qilyapti--video--19595962.html
https://oz.sputniknews.uz/20210707/bir-yarim-mingdan-ortiq-afgon-harbiysi-tojikiston-hududiga-qochib-otdi-19585652.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1427/05/14270544_134:0:2865:2048_1920x0_80_0_0_16c819d25fc8ba8d0cc5c88e60ee9eb8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, qochoq
Saidov BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari o‘rinbosari Jilian Triggs bilan uchrashdi
BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi Toshkentga fuqarosizlik bilan bog‘liq masalalarni hal etishda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqladi.
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada BMT Bosh kotibining o‘rinbosari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.
"7 iyul kuni Jenevada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi bilan BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissarining o‘rinbosari Jilian Triggs o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.
Muloqot ishtirokchilari O‘zbekiston bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladilar.
Keyingi yillarda BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi bilan o‘zaro munosabatlar ayniqsa faollashdi.
Xususan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi tomonidan 2021-yil bo‘yicha Qo‘shma ish rejasi ishlab chiqildi va ushbu reja muvaffaqiyat bilan bajarilmoqda.
Mazkur hujjat doirasida birgalikda milliy va mintaqaviy miqyoslarda seminar va o‘quv treninglari o‘tkazildi. Shuningdek, fuqarosizlik va qochoqlar masalalariga oid xalqaro normativ-huquqiy amaliyotni milliy huquqni qo‘llash amaliyotiga tatbiq etish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun modullar ishlab chiqildi.
Jilian Triggs uchrashuv asnosida prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekistonda fuqarosizlikni kamaytirish sohasida muhim natijalarga erishilganini e’tirof etdi.
Bundan tashqari u BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi Toshkentga fuqarosizlik bilan bog‘liq masalalarni, xususan, BMTning 1961-yilgi tegishli Konvensiyasining ratifikatsiya qilinishi orqali hal etishda amaliy ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli bir qancha masalalar bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib oldilar.