Rossiya minglab o‘zbekistonlik quruvchilarni Sibirda temir yo‘l qurilishiga jalb etadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishUkladka jeleznodorojnogo polotna
Ukladka jeleznodorojnogo polotna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Obuna bo‘lish
Xusnulin aytishiga ko‘ra, ayni damda BAM va Transsib loyihalariga 11 ming kishi jalb etilgan. Maqsad – yil oxiriga qadar 20 ming kishini jalb qilish.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Rossiya hukumati Sibir o‘lkasidagi “Sharqiy poligon” temir yo‘llari qurilishiga MDH davlatlaridan quruvchilarni jalb qilishni rejalashtirgan. Bu haqida bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnulin xabar qildi.
Chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda Xusnulin Kuzbass hududini rivojlantirish rejasini taqdim etdi. Unda, jumladan “Sharqiy poligon” hududiga kiruvchi BAM va Transsib temir yo‘llarining o‘tkazish qobiliyatini oshirish ham maqsad qilingan. Ushbu keng ko‘lamli loyihani muddatidan oldin bajarish uchun Rossiyada ishchi kuchi yetishmaslik muammosi bor.
“Hozir biz Belarus, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan ishchi kuchi va mutaxassislarni tezkor jalb qilish ustida shlayapmiz. Buning uchun Tatyana Golikovaga ariza berdik”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Xusnulin aytishiga ko‘ra, ayni damda loyihaga 11 ming kishi jalb etilgan. Maqsad – yil oxiriga qadar 20 ming kishini jalb qilish. Ushbu munosabat bilan hukumat MDH davlatlaridan mutaxassislarni jalb qilish ustida ishlamoqda.
Sharqiy poligon – Sharqiy Sibir va Uzoq Sharq o‘lkasida joylashgan ikkita yirik temir yo‘l magistralini o‘z ichiga oladi. Ulardan biri “Transsib” magistrali bo‘lib uning uzunligi 3710 km, BAM (Baykal-Amur magistrali) – uzunligi 4355 kmni tashkil qiladi. Ushbu ikkala temir yo‘l Rossiya markaziy hududini Tinch okeani bilan bog‘lovchi yagona imkoniyat hisoblanadi. Bugungi kunda temir yo‘llar maksimal yuklama bilan ishlamoqda. “Sharqiy poligon”ning o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish - Rossiya hukumati tomonidan milliy strategik loyihalardan biri sifatida belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0