Qamchiqda paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Obuna bo‘lish
Mashina haydovchisi salondan chiqib ketishga ulgurgan, shu sababli jiddiy jarohat olmagan.
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. Qamchiq dovonida 8-iyun kuni paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Hodisa bugun, 8-iyun kuni Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 242-kilometrida yuz bergan. "Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketgan.
Mashina haydovchisi salondan chiqib ketishga ulgurgan, shu sababli jiddiy jarohat olmagan.
Pat chelovek postradali pri stolknovenii GAZ-5327 s avtomobilyami Matiz i Spark v Andijanskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Andijonda mast haydovchi yirik YTH sodir etdi: besh kishi jarohatlandi
FVVning "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bir necha daqiqada yong‘inni bartaraf etishgan. FVV qutqaruvchilarining tezkor harakatlari natijasida mashinaga ortilgan yuklarning katta qismi yong‘indan saqlanib qolingan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.
YHXBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0