https://oz.sputniknews.uz/20210708/prezident-granti-joriy-qilindi-unga-kimlar-davogarlik-qilishi-mumkin-19590933.html
Prezident granti joriy qilindi: unga kimlar da’vogarlik qilishi mumkin
Prezident granti joriy qilindi: unga kimlar da’vogarlik qilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Prezident grantiga da’vogar abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. 08.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-08T12:03+0500
2021-07-08T12:03+0500
2021-07-08T12:03+0500
jamiyat
o‘zbekiston
talabalar
stipendiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti har yili ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.Muayan ta’lim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi bo‘yicha so‘nggi o‘rindagi abituriyent va u bilan bir xil ball to‘plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.OTMga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladigan toifadagi abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan baliga qo‘shib berilgan ballar Prezident grantiga da’vogarlarni aniqlashda hisobga olinmaydi.Prezident grantiga da’vogar abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.Prezident granti sovrindorlari birinchi kursda barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘qigan, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur grantga da’vogar talabalar orasidan tanlov asosida aniqlanadi.Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi. Bunda talabaga Prezident granti uchun belgilangan stipendiya ikkinchi kursning o‘quv yili boshidan oyma-oy to‘lanadi va shu munosabat bilan unga umumiy shartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi.O‘quv semestri yakuniga ko‘ra kamida bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” baho bo‘lmaganda, Prezident granti sohiblariga kelgusi o‘quv semestri mobaynida umumiy tartibda belgilanadigan stipendiya tayinlanadi.Navbatdagi o‘quv semestri yakuniga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho bo‘lganda, Prezident granti uchun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi.O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210307/Ayrim-khotin-izlarni-okimliklar-va-OTM-isobidan-itish-tartibi-zhoriy-etiladi-16145017.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, talabalar, stipendiya
jamiyat, o‘zbekiston, talabalar, stipendiya
Prezident granti joriy qilindi: unga kimlar da’vogarlik qilishi mumkin
Prezident grantiga da’vogar abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident
qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan davlat OTM bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilindi.
Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti har yili ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Muayan ta’lim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi bo‘yicha so‘nggi o‘rindagi abituriyent va u bilan bir xil ball to‘plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.
OTMga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball shaklida imtiyoz beriladigan toifadagi abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan baliga qo‘shib berilgan ballar Prezident grantiga da’vogarlarni aniqlashda hisobga olinmaydi.
Prezident grantiga da’vogar abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Prezident granti sovrindorlari birinchi kursda barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘qigan, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur grantga da’vogar talabalar orasidan tanlov asosida aniqlanadi.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi.
Bunda talabaga Prezident granti uchun belgilangan stipendiya ikkinchi kursning o‘quv yili boshidan oyma-oy to‘lanadi va shu munosabat bilan unga umumiy shartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi.
O‘quv semestri yakuniga ko‘ra kamida bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” baho bo‘lmaganda, Prezident granti sohiblariga kelgusi o‘quv semestri mobaynida umumiy tartibda belgilanadigan stipendiya tayinlanadi.
Navbatdagi o‘quv semestri yakuniga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “a’lo” baho bo‘lganda, Prezident granti uchun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi.
O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.