https://oz.sputniknews.uz/20210708/nomalum-shaxslar-gaiti-prezidentini-otib-ketdi-tafsilotlar-19591660.html
Noma’lum shaxslar Gaiti prezidentini otib ketdi: tafsilotlar
Noma’lum shaxslar Gaiti prezidentini otib ketdi: tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Hujum oqibatida mamlakatning birinchi xonimi Martina Moiz ham jarohatlangan. 08.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-08T12:36+0500
2021-07-08T12:36+0500
2021-07-08T12:36+0500
dunyoda
gaiti
prezidentga suiqasd
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/08/19591374_0:0:1879:1057_1920x0_80_0_0_605bfd36ad88496f5a9b6fb5a32b9fb8.jpg
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Gaiti prezidenti 53 yoshli Jovenel Moiz o‘z qarorgohida noma’lum shaxslar tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda mamlakat bosh vazir vazifasini bajaruvchisi Klod Jozef bayonotida ma’lum qilingan.Hujum oqibatida mamlakatning birinchi xonimi Martina Moiz ham jarohatlangan va u kasalxonaga yotqizilgan. ABC telekanalining xabar qilishicha, Martina Moizni davolash uchun AQShning Florida shtatiga olib ketishgan. Prezident o‘limidan so‘ng Gaiti hukumati mamlakatda ikki haftalik motam e’lon qildi. Vazirlash kengashi respublika hududida harbiy holat joriy etishga qaror qildi. Gaiti hukumati prezident Jovenel Moizni o‘ldirgan shaxslar xorijiy fuqarolardan tashkil topganini ma’lum qildi.Gaiti huquqni muhofaza qiluvchi organlari prezident o‘limiga aloqador to‘rt yollanma qotilni yo‘q qilgan, yana ikki nafari qo‘lga olingan. Gaiti Milliy politsiyasi rahbari Leon Sharlning so‘zlariga ko‘ra, asirga olingan uch nafar politsiya xodimi ozod qilingan.BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo mamlakatlar Gaiti prezidenti Jovenel Moiz o‘ldirilishi qoralashdi va mamlakatda barqarorlikni saqlashga chaqirishdi.Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyida Gaiti prezidenti Jovenel Moizga suiiqasd uyushtirilgani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210208/Gaitida-prezidentga-suiasd-uyushtirishmochi-blishdi-15957492.html
gaiti
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/08/19591374_210:0:1879:1252_1920x0_80_0_0_137b77e6597de97c359deaf2225d2e4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, gaiti, prezidentga suiqasd
dunyoda, gaiti, prezidentga suiqasd
Noma’lum shaxslar Gaiti prezidentini otib ketdi: tafsilotlar
Hujum oqibatida mamlakatning birinchi xonimi Martina Moiz ham jarohatlangan.
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Gaiti prezidenti 53 yoshli Jovenel Moiz o‘z qarorgohida noma’lum shaxslar tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda mamlakat bosh vazir vazifasini bajaruvchisi Klod Jozef bayonotida ma’lum qilingan.
“7 iyulga o‘tar kechasi yarim tunda ispan va ingliz tillarida so‘zlashgan noma’lum shaxslar guruhi respublika prezidenti hayotiga suiqasd qilishdi. Prezident olingan tan jarohatlardan vafot etdi”, - deyilgan rasmiy xabarda.
Hujum oqibatida mamlakatning birinchi xonimi Martina Moiz ham jarohatlangan va u kasalxonaga yotqizilgan.
ABC telekanalining xabar qilishicha, Martina Moizni davolash uchun AQShning Florida shtatiga olib ketishgan.
Prezident o‘limidan so‘ng Gaiti hukumati mamlakatda ikki haftalik motam e’lon qildi. Vazirlash kengashi respublika hududida harbiy holat joriy etishga qaror qildi.
Gaiti hukumati prezident Jovenel Moizni o‘ldirgan shaxslar xorijiy fuqarolardan tashkil topganini ma’lum qildi.
Gaiti huquqni muhofaza qiluvchi organlari prezident o‘limiga aloqador to‘rt yollanma qotilni yo‘q qilgan, yana ikki nafari qo‘lga olingan. Gaiti Milliy politsiyasi rahbari Leon Sharlning so‘zlariga ko‘ra, asirga olingan uch nafar politsiya xodimi ozod qilingan.
BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo mamlakatlar Gaiti prezidenti Jovenel Moiz o‘ldirilishi qoralashdi va mamlakatda barqarorlikni saqlashga chaqirishdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyida Gaiti prezidenti Jovenel Moizga suiiqasd uyushtirilgani
xabar qilingan edi.