https://oz.sputniknews.uz/20210707/ozbekistonda-rossiyada-bolgani-kabi-covid-19ga-qarshi-majburiy-emlash-joriy-etilishi-mumkin-19572177.html
O‘zbekistonda Rossiyada bo‘lgani kabi COVID-19ga qarshi majburiy emlash joriy etilishi mumkin
O‘zbekistonda Rossiyada bo‘lgani kabi COVID-19ga qarshi majburiy emlash joriy etilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov COVID-19 ga qarshi majburiy emlash g‘oyasini ma’qullashini ma’lum qildi. 07.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-07T11:07+0500
2021-07-07T11:07+0500
2021-07-07T11:28+0500
jamiyat
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
nurmat otabekov
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/07/19569991_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0c345da30a771bc2e2fd3d6511658a08.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi majburiy emlash g‘oyasini to‘g‘ri deb hisoblaydi. Bu haqda u AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 3000 dan ortiq emlash markazlari va 800 ta mobil guruhlar tashkil etilgan, ammo emlash darajasi pastligicha qolmoqda.“Afsuski, biz kuniga 130−140 ming kishini emlayapmiz. Hozirga qadar O‘zbekistonda 4,2 mln dozadan ortiq vaksinalar ishlatilgan. Deyarli 700 ming kishi butun emlash kursini to‘liq yakunladi. Bu juda kichik ko‘rsatkich”, — deya qo‘shimcha qildi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi.Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 1-apreldan aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlangan edi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlari emlandi. Kuni kecha emlash guruhlariga talabalar ham kiritildi. Emlangan talabalarga kontrakt to‘lovida chegirma beriladi. Bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida, jumladan, Rossiyaning bir qator hududlarida ayrim soha xodimlarini koronavirusga qarshi majburiy emlash joriy etilgan. Qolaversa, O‘zbekistonga qo‘shni davlat Qozog‘iston va Tojikistonda ham aholini majburiy emlash belgilangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/07/19569991_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_625b4c6b0593c940f4fb04cf14d512c4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, nurmat otabekov, o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, nurmat otabekov, o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
O‘zbekistonda Rossiyada bo‘lgani kabi COVID-19ga qarshi majburiy emlash joriy etilishi mumkin
11:07 07.07.2021 (yangilandi: 11:28 07.07.2021) Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov COVID-19 ga qarshi majburiy emlash g‘oyasini ma’qullashini ma’lum qildi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi majburiy emlash g‘oyasini to‘g‘ri deb hisoblaydi. Bu haqda u AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda
ma’lum qildi. “Mening fikrimcha, majburiy emlash — to‘g‘ri g‘oya. Chunki biz o‘zimizni emlash orqali himoya qilamiz. Emlanish orqali biz nafaqat o‘zimizni, balki atrofimizni ham kasallikdan himoya qilamiz. Ehtimol, Rossiyaning tajribasini qo‘llash kerak, u yerda emlanmaganlarga ish joyiga borishga ruxsat berilmaydi”, - deydi u.
Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 3000 dan ortiq emlash markazlari va 800 ta mobil guruhlar tashkil etilgan, ammo emlash darajasi pastligicha qolmoqda.
“Afsuski, biz kuniga 130−140 ming kishini emlayapmiz. Hozirga qadar O‘zbekistonda 4,2 mln dozadan ortiq vaksinalar ishlatilgan. Deyarli 700 ming kishi butun emlash kursini to‘liq yakunladi. Bu juda kichik ko‘rsatkich”, — deya qo‘shimcha qildi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 1-apreldan aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari
boshlangan edi. Birinchi navbatda 65 yoshdan kattalar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlari emlandi. Kuni kecha emlash guruhlariga talabalar ham kiritildi. Emlangan talabalarga kontrakt to‘lovida
chegirma beriladi. Bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida, jumladan, Rossiyaning
bir qator hududlarida ayrim soha xodimlarini koronavirusga qarshi majburiy emlash joriy etilgan. Qolaversa, O‘zbekistonga qo‘shni davlat
Qozog‘iston va
Tojikistonda ham aholini majburiy emlash belgilangan.