Andijon aeroporti direktori Samarqand aeroportiga ham direktor bo‘ldi

© AIR MARAKANDAProyekt po modernizatsii i ekspluatatsii mejdunarodnogo aeroporta Samarkanda
Proyekt po modernizatsii i ekspluatatsii mejdunarodnogo aeroporta Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
Yangi "Samarkand" aeroporti 2022-yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan ShHT sammitiga xizmat ko‘rsatishga tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Uzbekistan Airports kompaniyasining 7-iyul kuni Rano Jo‘rayeva boshchiligida bo‘lib o‘tgan Boshqarma majlisida "Samarkand" aeroportini 2022-yilning may oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan ShHT sammiti majlisiga xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi, jumladan kadrlar masalasi ham.
Xususan, shu kunga qadar "Samarkand" aeroporti direktori v.b. lavozimida ishlab kelgan Djamalov M. D. o‘rniga bir vaqtning "Andijon" aeroporti direktori lavozimida ishlayotgan Saydullo Tuxtasinov tayinlandi.
“Ayni damda ShHT sammitiga faol tayyorgarlik ketmoqda. Yaqin vaqt ichida biz davlat korxonasi sifatida “AIR MARACANDA” MChJ bilan shartnoma imzolaymiz. Harakatlarimizning yana bir muhim yo‘nalishi – professional, motivatsiyaga ega bo‘lgan jamoa tuzishdir. Bugun yangi direktor tayinladik, kelajakda jamoamizni xorijiy tajribali mutaxassislar bilan to‘ldiramiz”, - dedi Rano Jo‘rayeva.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda "Samarqand" aeroporti butunlay yangilanmoqda. Xususan u yerda yangi uskunalar bilan jihozlangan yangi aerodrom majmuasi, unikal dizaynga ega bo‘lgan yo‘lovchilar aerovokzali qurilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0