https://oz.sputniknews.uz/20210706/toshkent-aeroportida-35-bosh-noyob-jonzotni-olib-chiqishga-uringan-fuqaro-qolga-tushdi-19563458.html
Toshkent aeroportida 35 bosh noyob jonzotni olib chiqishga uringan fuqaro qo‘lga tushdi
Toshkent aeroportida 35 bosh noyob jonzotni olib chiqishga uringan fuqaro qo‘lga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent aeroportida noyob sudralib yuruvchi jonzotlarni olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. 06.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-06T17:59+0500
2021-07-06T17:59+0500
2021-07-06T17:59+0500
hodisalar
o‘zbekiston
toshkent
toshkent xalqaro aeroporti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/718/99/7189978_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_52a06c1ba8fd8ac4b7434d3b4c730fb3.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari yo‘q bo‘lib ketayotgan kamob turlar sirasiga kiruvchi sudralib yuruvchi hayvonlarni havo yo‘llari orqali yashirincha olib chiqilishiga chek qo‘yishdi.“Toshkent-Moskva” reysi bo‘yicha parvozga shaylangan fuqarolardan biri bojxonadan yashil yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Unga tegishli bagajlar ko‘zdan kechirilganida esa, shubhalar o‘z tasdig‘ini topdi.Fuqaro bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi deklaratsiyasida ma’lum qilmasdan turib, taqir to‘garakbosh, gekkoncha, kaltekasak kabi 35 bosh noyob jonzotlarni tirik holatda tamaki qutilari ichiga joylagancha olib chiqayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.Bundan tashqari shu kabi jonzotlarning 14 tasi spirtda qotirilgan holatda, shuningdek 16 dona kaltakesak dumi, 1 dona ondatra dumi va 2 bosh o‘lik holatdagi chipor ilon ham olib chiqib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi.Sudralib yuruvchi hayvonlar asosan Farg‘ona vodiysida tabiatdan ajratib olingan, lekin yo‘lovchi ularni O‘zbekistondan olib chiqib ketish huquqini beruvchi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmadi.Hozirda jonzotlar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga topshirildi. Bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/718/99/7189978_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_401fa1b49ca1818eae7c1cbdd3adb055.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , o‘zbekiston, toshkent, toshkent xalqaro aeroporti
hodisalar , o‘zbekiston, toshkent, toshkent xalqaro aeroporti
Toshkent aeroportida 35 bosh noyob jonzotni olib chiqishga uringan fuqaro qo‘lga tushdi
Toshkent aeroportida noyob sudralib yuruvchi jonzotlarni olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari yo‘q bo‘lib ketayotgan kamob turlar sirasiga kiruvchi sudralib yuruvchi hayvonlarni havo yo‘llari orqali yashirincha olib chiqilishiga chek qo‘yishdi.
“Toshkent-Moskva” reysi bo‘yicha parvozga shaylangan fuqarolardan biri bojxonadan yashil yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Unga tegishli bagajlar ko‘zdan kechirilganida esa, shubhalar o‘z tasdig‘ini topdi.
Fuqaro bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi deklaratsiyasida ma’lum qilmasdan turib, taqir to‘garakbosh, gekkoncha, kaltekasak kabi 35 bosh noyob jonzotlarni tirik holatda tamaki qutilari ichiga joylagancha olib chiqayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Bundan tashqari shu kabi jonzotlarning 14 tasi spirtda qotirilgan holatda, shuningdek 16 dona kaltakesak dumi, 1 dona ondatra dumi va 2 bosh o‘lik holatdagi chipor ilon ham olib chiqib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sudralib yuruvchi hayvonlar asosan Farg‘ona vodiysida tabiatdan ajratib olingan, lekin yo‘lovchi ularni O‘zbekistondan olib chiqib ketish huquqini beruvchi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmadi.
Hozirda jonzotlar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga topshirildi. Bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.