https://oz.sputniknews.uz/20210706/mirziyoev-va-nazarboev-afgonistondagi-vaziyat-yuzasidan-fikr-almashishdi-19562379.html
Mirziyoyev va Nazarboyev Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi
Mirziyoyev va Nazarboyev Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Nazarboyev Afg‘onistonda keskinlashayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashishdi. 06.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-06T16:13+0500
2021-07-06T16:13+0500
2021-07-06T16:13+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
nursulton nazarboyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/496/74/4967452_23:0:1065:586_1920x0_80_0_0_b1cf45a865c49caa0a8e704ca3e65dac.png
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Qozog‘iston Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.Davlat rahbari Elboshini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Qozog‘iston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm sohalaridagi ustuvor loyihalarni, madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma dasturlarni ilgari surish muhim ekani ta’kidlandi.Shuningdek, mintaqaviy kun tartibi, eng avvalo, Afg‘onistonda keskinlashayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashildi.Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Faxriy raislik qilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.Ikki birodar mamlakat yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, ishonchli va do‘stona ruhda o‘tdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210705/mirziyoev-va-rahmon-afgonistondagi-vaziyatni-muhokama-qildi-19546657.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/496/74/4967452_153:0:934:586_1920x0_80_0_0_6716d5884590d9f7f07e5a652d0887e5.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, nursulton nazarboyev
siyosat, shavkat mirziyoyev, nursulton nazarboyev
Mirziyoyev va Nazarboyev Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi
Mirziyoyev va Nazarboyev Afg‘onistonda keskinlashayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashishdi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Qozog‘iston Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari Elboshini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Qozog‘iston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
“Nursulton Nazarboyevning zamonaviy Qozog‘istonni barpo etish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi alohida o‘rni, O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash hamda mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qo‘shayotgan katta hissasi alohida qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm sohalaridagi ustuvor loyihalarni, madaniy-gumanitar sohadagi qo‘shma dasturlarni ilgari surish muhim ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, mintaqaviy kun tartibi, eng avvalo, Afg‘onistonda keskinlashayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi, shu jumladan Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Faxriy raislik qilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.
Ikki birodar mamlakat yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, ishonchli va do‘stona ruhda o‘tdi.