Aripov lotin yozuvidagi alifboga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

© Ispolnitelniy komitet SNGPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov na zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG v uzkom sostave v Minske
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov na zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG v uzkom sostave v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
Obuna bo‘lish
Birinchi avgustga qadar davlat organlari barcha ko‘chalar, peshlavhalar va turli blaklarning lotin yozuvida bo‘lishini ta’minlashi kerak.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Bosh vazir Abdulla Aripov barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, Toshkent va viloyatlar hokimliklariga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Hukumatning tegishli hujjati 1-iyul kuni imzolangan.
Unda 1-avgustga qadar quyidagilar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanishi kerakligi ta’kidlangan: barcha joy va ko‘cha nomlari, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, reklama va e’lonlar, ish qog‘ozlari va turli blanklar.
Qayd etish joizki, Vazirlar mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi qarori bilan yuqoridagilarni 2022-dekabriga qadar lotin alifbosiga o‘tkazilish belgilangan edi.
Biroq bosh vazir qaroriga binoan O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan ushbu vazifani 2021-yilning 1-avgustiga qadar bajarish masalasi qo‘yilgan.
Proyekt yedinogo standarta kazaxskogo alfavita na latinskoy grafike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi tayyorlandi
Yangiliklar lentasi
0