Toshkentda bir kunda tibbiy niqob taqmagan 964 kishi jarimaga tortildi

Obuna bo‘lish
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkent shahrida 3-iyul, shanba kuni, karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi, 4885 nafar fuqaro esa ogohlantirildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi
“Hurmatli fuqarolar, karantin qoidalariga rioya etishingiz, avvalambor, sizlarning va yaqinlaringizning sog‘lig‘i uchun kerak. Tibbiy niqob taqing, o‘zingizni va atrofdagilarni koronavirus infeksiyasidan himoya qiling”, — deyilgan idora murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda jamoat joylarida niqobsiz yurish o‘tgan yilning mart oyidan boshlab taqiqlangan edi. Niqobsiz yurganlar 1,25 mln so‘m miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0