“Markaziy va Janubiy Osiyo”: Asadov muhokama qilinadigan uch asosiy mavzuni ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavi yego administratsii Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavi yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagigi yuqori darajali xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Toshkentda 15-16 iyul kunlari “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidasigi yuqori darajali xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bu anjuman doirasida qaysi masalalar muhokamasi ustuvor bo‘lishi xususida ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“<...> bu anjumanning asosiy mavzulari, bu birinchi navbatda, Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasida transport-logistika hamkorligini kengaytirish va bu orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish”, - dedi Asadov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, anjuman doirasidagi ikkinchi eng katta mavzulardan biri bu xavfsizlik masalalari muhokamasidir.
Uchinchi asosiy masalalardan biri esa ikki mintaqa o‘rtasidagi ilm-fan, texnologiya va innovatsion hamkorlikka bag‘ishlangan masalalar muhokamasi.
“Ishonchimiz komilki, mana shu konferensiya yakunlari bo‘yicha Janubiy va Markaziy Osiyo orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yanada kuchayadi va bu albatta ikki mintaqaning rivojlanish darajasining yangi bosqichga chiqishiga katta turtki bo‘ladi”, - deya so‘zlariga yakun yasadi Asadov.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iyulda Toshkentga keladi
Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ushbu konferensiyada dunyoning qator mamlakatlaridan yetuk davlat va siyosat arboblari, yetakchi olimlar va ekspertlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0