https://oz.sputniknews.uz/20210705/kovivak-covid-19-ga-qarshi-chumakov-markazi-vaktsinasining-xususiyatlari-19547766.html
“KoviVak”: COVID-19 ga qarshi Chumakov markazi vaksinasining xususiyatlari
“KoviVak”: COVID-19 ga qarshi Chumakov markazi vaksinasining xususiyatlari
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. “KoviVak” vaksinasi COVID-19 ning oldini olish uchun o‘ldirilgan, ko‘payish va kasallikni yuqtirishga qodir bo‘lmagan koronavirusdan... 05.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-05T18:08+0500
2021-07-05T18:08+0500
2021-07-05T18:11+0500
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
"kovivak" vaksinasi
analitika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/05/19547729_0:130:3179:1918_1920x0_80_0_0_f911a8a603857f42600fe47adeeb5cb3.jpg
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. “KoviVak” vaksinasi COVID-19 ning oldini olish uchun o‘ldirilgan, ko‘payish va kasallikni yuqtirishga qodir bo‘lmagan koronavirusdan tayyorlangan. Vaksina ishonchli immunitetni shakllantiradi. Bu o‘n yillar davomida sinalgan texnologik platforma. Uning yordamida poliomiyelitga qarshi vaksina yaratishadi. “KoviVak” joriy yil fevral oyida ro‘yxatdan o‘tdi, million dozasi keng muomilaga chiqarildi. Koronavirusga qarshi bu vaksina nimalardan iborat, qanday hollarda qo‘llab bo‘lmaydi va qanday nojo‘ya ta’sirlari mavjud, uni qayerdan topish mumkin – batafsil RIA Novosti maqolasida.“KoviVak” vaksinasi tarkibiO‘tgan yili mart-aprel oylarida M.P. Chumakov nomidagi Immunobiologik dorilarni tadqiq qilish va yaratish federal ilmiy markazi olimlari “Kommunarka”dagi birinchi bemorlar biomaterialidan SARS-CoV-2 koronavirusining RNKsini ajratishdi. Genomlarni o‘sha payt ma’lum bo‘lgan uxancha namunalar bilan taqqoslashdi va virusning Rossiyadagi evolyutsiyasini kuzatishdi. Ajratib olingan viruslarni Vero hujayra chizig‘ida yetishtirishdi va AYDAR-1 shtammini olishdi. Aynan u “KoviVak” vaksinasining asosi bo‘ldi.Vaksinani ishlab chiqarish Vero hujayra chizig‘ini yetishtirish, unda AYDAR-1 shtammini tayyorlash, virus qobig‘ini kimoviy yo‘q qilish, RNKni o‘ldirish va eng muhim bosqich - tozalashdan iborat. Natijada faqat faol bo‘lmagan yaxlit virionli zarralar va virusli oqsil parchalari qoladi. Muhimi, himoya antitanachalari shakllanishi uchun zarur bo‘lgan ustki oqsillar saqlanadi. “KoviVak”ning ta’sir moddasi qo‘shimcha molekulalar, jumladan, immun javobini kuchaytiruvchi gidroksid alyuminiya bilan birgalikda bufer eritmasida bo‘ladi.Ta’sir tarzlari va boshqa vaksinalardan farqi“KoviVak” dozasi kiritilganda ukol joyiga immun hujayralari to‘plana boshlaydi. Ular o‘ldirilgan virus zarralarini dushman sifatida tasniflashadi va ularga qarshi kurasha boshlashadi. Oqim jarayonlari natijasida organizmdagi qonda himoya antitanachalari sintezlanadi. Haqiqiy koronavirus infeksiyasi bilan qarshilashganda bu antitanachalar uni darhol yo‘q qiladi. Shuningdek, “KoviVak” t-hujayra immunitetini hosil qiladi. “Sputnik V” va “EpiVakKorona”dan farqli o‘laroq “KoviVak” koronavirusning yaxlit zarralaridan tayyorlangan. Shunday ekan, organizm faolsizlashtirilgan bo‘lsada, virusning kichik haqiqiy dozasida mashq qiladi. Bunda to‘liq antitanacha javobi shakllanadi.Qo‘llanish yo‘riqnomasiEmlanishga tayyorgarlik ko‘rishEmlanishga nisbatan sog‘lom holda kelmoq zarur, surunkali kasallikliklar vaqtincha zaiflashgan paytda.“KoviVak” vaksinasi 18-60 yoshdagilar uchun ruxsat berilgan. Rossiya SSV qo‘llanmasiga ko‘ra, emlanishdan oldin antitanachaga tahlil topshirish shart emas. Bu PZR tahliliga ham taalluqli: testni alomatlar mavjudligida yoki so‘nggi ikki hafta ichida COVID-19 tasdiqlangan kishi bilan muloqot qilinganda topshirish kerak. Vaksina samaradorligini susaytirmaslik uchun emlanishdan bir oy oldin va so‘ng immun tizimi funksiyalarini charchatadigan dorilarni qabul qilmaslik darkor. “KoviVak” bilan emlash qanday kechadiEmlanishdan oldin shifokor ko‘rigi, harorat o‘lchanishi, bemor haqidagi ma’lumotlar to‘plami, saturatsiya o‘lchanishi shart. Bu emlanish mumkin bo‘lmagan holatlarni chiqarib tashlash uchun kerak.Tibbiyot xodimi vaksinaning ehtimoliy nojo‘ya ta’sirlari haqida aytib beradi va emlanishga ixtiyoriy ravishda rozilik berishlik qog‘ozini to‘ldirishga ko‘maklashadi.“KoviVak” vaksinasi suyuqlik ko‘rinishida bir martalik ampulaga qadoqlangan va shishachalar 0,5 millilitrdan. U sovutgichda ikki-olti daraja haroratda saqlanadi, shuning uchun uni eritish talab qilinmaydi. Vaksina yelkaga kiritiladi.Emlangandan keyin nimalar qilish kerak emasUkoldan so‘ng yarim soatlarcha emlanish xonasida tibbiyot xodimlari nazorati ostida o‘tirish kerak. Bu barcha emlanish jarayonlari uchun umumiy qoidadir.Rossiya SSV tavsiyalariga binoan, emlangandan keyin uch kun davomida hammom, saunaga bormaslik zarur. Bundan tashqari, spirtli ichimlik va faol sport bilan shug‘ullanishdan tiyilmoq zarur. Emlangan joyni uch kun ho‘lllamaslik borasida shifokorlar bir xil fikrda emas. Masalan, shifokor Aleksandr Masnikov bu talabni eskirgan deb hisoblaydi.Emlanishlar orasidagi vaqt oralig‘i“KoviVak” ikki marta 14 kun vaqt oralig‘ida farq bilan kiritiladi. Har ikki dozaning tarkibi va miqdori bir xil. Vaksina yaratuvchilari kelajakda vaqt oralig‘i 21 kungacha cho‘zilishini istisno qilishmayapti.Koronavirusga antitanachalar qachon paydo bo‘ladiChumakov markazi umumiy virusologiya bo‘limi mudiri Georgiy Ignatyev 29-iyun kuni Rossiya Fanlar akademiyasi rayosatida chiqish qilayotib, “KoviVak”ning samaradorligi va xavfsizligi haqida so‘zlab berdi. Klinik oldi bosqichida immun javomi sichqonlar va primatlarda (maymun turi) kuzatilgan. Vaksinaning immunologik samaradorligi bir necha tibbiyot markazlarda klinik tadqiqotlarning birinchi va ikkinchi bosqchilarini o‘tkazishda o‘rganilgan. Yettinchi kuni ko‘ngillilarda virusni yo‘q qiluvchi antitanachalar aniqlangan, birinchi doza kiritilgandan keyin 42 kun o‘tib “KoviVak” vaksinasi bilan emlanganlarning 85,7 foizida immun javobi shakllangan. “KoviVak” vaksinasining nojo‘ya ta’sirlariHayvonlardagi klinik oldi tadqiqotlar “KoviVak” zararsiz va xavfsiz ekanini ko‘rsatgan. Odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar buni tasdiqlagan. Vaksina salbiy ta’sirlarni keltirib chiqarmagan.Dori yo‘riqnomasiga ko‘ra, emlanishdan keyin nojo‘ya reaksiyalar uch kungacha cho‘zilishi mumkin. Ko‘pincha vaksina kiritilgan joyda og‘riq, qattiqlashish hamda bosh og‘rig‘i, qisqa muddatli harorat ko‘tarilishi kuzatilgan.Allergik ta’sirlar, limfa tugunlari kattalashishi mumkin. Ta’sir davomiyligi“KoviVak” koviddan qancha himoya qilishi ma’lum emas. Bu 30 ming ko‘ngillilarda o‘tkaziladigan klinik tadqiqotlarining uchinchi bosqichi vaqtida o‘rganiladi. Chumakov markazi bosh direktori Aydar Ishmuxametov immunitet sakkiz oy himoya qilishini ma’lum qilgandi.Vaksinani qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar“KoviVak” bilan 18 yoshdan kichik bo‘lganlar va 60 yoshdan kattalar, homiladorlar va bolasini emizuvchi onalar emlanmaydi. Shuningdek, onkopatologiya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, allergik holat qo‘llab bo‘lmaydigan ro‘yxatida. “KoviVak” ilgari har qanday boshqa vaksinaga og‘ir anafilaktik shok, Kvinke shishi kabi allergik reaksiyasi bo‘lganlarga tavsiya qilinmaydi. Emlanish o‘tkir isitmali ahvol, yuqumli kasalliklar, surunkali kasalliklarning zo‘rayishi vaqtida ortga surib turiladi. Shuningdek, emlanishning nafi/xatarlariga baho berish uchun davolayotgan shifokor tavsiyalari talab qiladigan qator og‘ir kasalliklar bor.“KoviVak” bilan emlanganlarning mulohazalariO‘tgan yil dekabrida sobiq bosh sanitar vrach akademik Gennadiy Onishenko “KoviVak” bilan emlanganini ma’lum qildi. U o‘z tanlovini bunda immun tizimi yaxlit koronavirusga antitanacha ishlab chiqishi bilan tushuntirgan. Telegramda “KoviVak” bilan emlanish haqidagi xalq hisobotlari chop qilinadigan chat ochilgan. Unda 10 mingdan ziyod ishtirokchilar bor. Odamlar emlangandan so‘ng asosan bemadorlik, bosh aylanishi, uyquchilik, teri qichishi, ukol joyidagi og‘riq, tana haroratining qisqa muddatli ko‘tarilishi, yengil lohaslikni qayd etishgan.“KoviVak” bilan qayerda emlanish mumkinRossiyada emlanishga yozilishda ko‘plab tibbiyot muassasalarida Rossiyada ro‘yxatga olingan uchta vaksina o‘rtasidagi tanlov bor. Masalan, Moskvada “KoviVak” bilan besh joyda emlanish mumkin: bu 99, 94, 143, 7, 42-sonli shahar bolalar poliklinikalari. Hozircha “KoviVak” Rossiyaning aksariyat mintaqalariga cheklangan partiyalarda yetkazib berilmoqda, shuning uchun tez tugamoqda. Iyun oxiriga kelib million doza ishlab chiqarilgandi. Bu vaksina qayerda borligini Rossiya mintaqalari sog‘liqni saqlash organlarining ishonch telefonlariga murojaat qilib, bilib olish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210325/rossiyada-uchinchi-vaktsinani-ommaviy-ishlab-chiqarish-boshlandi--17961133.html
https://oz.sputniknews.uz/20210220/Rossiya-koronavirusga-arshi-uchinchi-vaktsinasini-rykhatga-oldi-16049163.html
https://oz.sputniknews.uz/20201217/Putin-Rossiya-vaktsinasini-khavfsiz-va-samarali-deb-atadi-15619246.html
https://oz.sputniknews.uz/20210629/koronavirusga-qarshi-har-6-oyda-emlanish-lozim---infektsionist-19462088.html
https://oz.sputniknews.uz/20210307/Kimlarga-emlanish-tavsiya-etilmaydi--mutaxassis-izohi-16149413.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/05/19547729_223:0:2954:2048_1920x0_80_0_0_a144634cad677bd506bb3fd1cfb97b9a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, "kovivak" vaksinasi, analitika
vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, "kovivak" vaksinasi, analitika
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. “KoviVak” vaksinasi COVID-19 ning oldini olish uchun o‘ldirilgan, ko‘payish va kasallikni yuqtirishga qodir bo‘lmagan koronavirusdan tayyorlangan. Vaksina ishonchli immunitetni shakllantiradi. Bu o‘n yillar davomida sinalgan texnologik platforma. Uning yordamida poliomiyelitga qarshi vaksina yaratishadi. “KoviVak” joriy yil fevral oyida ro‘yxatdan o‘tdi, million dozasi keng muomilaga chiqarildi. Koronavirusga qarshi bu vaksina nimalardan iborat, qanday hollarda qo‘llab bo‘lmaydi va qanday nojo‘ya ta’sirlari mavjud, uni qayerdan topish mumkin – batafsil RIA Novosti
maqolasida. “KoviVak” vaksinasi tarkibi
O‘tgan yili mart-aprel oylarida M.P. Chumakov nomidagi Immunobiologik dorilarni tadqiq qilish va yaratish federal ilmiy markazi olimlari “Kommunarka”dagi birinchi bemorlar biomaterialidan SARS-CoV-2 koronavirusining RNKsini ajratishdi. Genomlarni o‘sha payt ma’lum bo‘lgan uxancha namunalar bilan taqqoslashdi va virusning Rossiyadagi evolyutsiyasini kuzatishdi. Ajratib olingan viruslarni Vero hujayra chizig‘ida yetishtirishdi va AYDAR-1 shtammini olishdi. Aynan u “KoviVak” vaksinasining asosi bo‘ldi.
Vaksinani ishlab chiqarish Vero hujayra chizig‘ini yetishtirish, unda AYDAR-1 shtammini tayyorlash, virus qobig‘ini kimoviy yo‘q qilish, RNKni o‘ldirish va eng muhim bosqich - tozalashdan iborat.
Natijada faqat faol bo‘lmagan yaxlit virionli zarralar va virusli oqsil parchalari qoladi. Muhimi, himoya antitanachalari shakllanishi uchun zarur bo‘lgan ustki oqsillar saqlanadi. “KoviVak”ning ta’sir moddasi qo‘shimcha molekulalar, jumladan, immun javobini kuchaytiruvchi gidroksid alyuminiya bilan birgalikda bufer eritmasida bo‘ladi.
Ta’sir tarzlari va boshqa vaksinalardan farqi
“KoviVak” dozasi kiritilganda ukol joyiga immun hujayralari to‘plana boshlaydi. Ular o‘ldirilgan virus zarralarini dushman sifatida tasniflashadi va ularga qarshi kurasha boshlashadi. Oqim jarayonlari natijasida organizmdagi qonda himoya antitanachalari sintezlanadi.
Haqiqiy koronavirus infeksiyasi bilan qarshilashganda bu antitanachalar uni darhol yo‘q qiladi. Shuningdek, “KoviVak” t-hujayra immunitetini hosil qiladi.
“Sputnik V” va “EpiVakKorona”dan farqli o‘laroq “KoviVak” koronavirusning yaxlit zarralaridan tayyorlangan. Shunday ekan, organizm faolsizlashtirilgan bo‘lsada, virusning kichik haqiqiy dozasida mashq qiladi. Bunda to‘liq antitanacha javobi shakllanadi.
Emlanishga tayyorgarlik ko‘rish
Emlanishga nisbatan sog‘lom holda kelmoq zarur, surunkali kasallikliklar vaqtincha zaiflashgan paytda.
“KoviVak” vaksinasi 18-60 yoshdagilar uchun ruxsat berilgan.
Rossiya SSV qo‘llanmasiga ko‘ra, emlanishdan oldin antitanachaga tahlil topshirish shart emas. Bu PZR tahliliga ham taalluqli: testni alomatlar mavjudligida yoki so‘nggi ikki hafta ichida COVID-19 tasdiqlangan kishi bilan muloqot qilinganda topshirish kerak.
Vaksina samaradorligini susaytirmaslik uchun emlanishdan bir oy oldin va so‘ng immun tizimi funksiyalarini charchatadigan dorilarni qabul qilmaslik darkor.
“KoviVak” bilan emlash qanday kechadi
Emlanishdan oldin shifokor ko‘rigi, harorat o‘lchanishi, bemor haqidagi ma’lumotlar to‘plami, saturatsiya o‘lchanishi shart. Bu emlanish mumkin bo‘lmagan holatlarni chiqarib tashlash uchun kerak.
Tibbiyot xodimi vaksinaning ehtimoliy nojo‘ya ta’sirlari haqida aytib beradi va emlanishga ixtiyoriy ravishda rozilik berishlik qog‘ozini to‘ldirishga ko‘maklashadi.
“KoviVak” vaksinasi suyuqlik ko‘rinishida bir martalik ampulaga qadoqlangan va shishachalar 0,5 millilitrdan. U sovutgichda ikki-olti daraja haroratda saqlanadi, shuning uchun uni eritish talab qilinmaydi. Vaksina yelkaga kiritiladi.
Emlangandan keyin nimalar qilish kerak emas
Ukoldan so‘ng yarim soatlarcha emlanish xonasida tibbiyot xodimlari nazorati ostida o‘tirish kerak. Bu barcha emlanish jarayonlari uchun umumiy qoidadir.
Rossiya SSV tavsiyalariga binoan, emlangandan keyin uch kun davomida hammom, saunaga bormaslik zarur. Bundan tashqari, spirtli ichimlik va faol sport bilan shug‘ullanishdan tiyilmoq zarur. Emlangan joyni uch kun ho‘lllamaslik borasida shifokorlar bir xil fikrda emas. Masalan, shifokor Aleksandr Masnikov bu talabni eskirgan deb hisoblaydi.
Emlanishlar orasidagi vaqt oralig‘i
“KoviVak” ikki marta 14 kun vaqt oralig‘ida farq bilan kiritiladi. Har ikki dozaning tarkibi va miqdori bir xil. Vaksina yaratuvchilari kelajakda vaqt oralig‘i 21 kungacha cho‘zilishini istisno qilishmayapti.
Koronavirusga antitanachalar qachon paydo bo‘ladi
Chumakov markazi umumiy virusologiya bo‘limi mudiri Georgiy Ignatyev 29-iyun kuni Rossiya Fanlar akademiyasi rayosatida chiqish qilayotib, “KoviVak”ning samaradorligi va xavfsizligi haqida so‘zlab berdi. Klinik oldi bosqichida immun javomi sichqonlar va primatlarda (maymun turi) kuzatilgan. Vaksinaning immunologik samaradorligi bir necha tibbiyot markazlarda klinik tadqiqotlarning birinchi va ikkinchi bosqchilarini o‘tkazishda o‘rganilgan. Yettinchi kuni ko‘ngillilarda virusni yo‘q qiluvchi antitanachalar aniqlangan, birinchi doza kiritilgandan keyin 42 kun o‘tib “KoviVak” vaksinasi bilan emlanganlarning 85,7 foizida immun javobi shakllangan.
“KoviVak” vaksinasining nojo‘ya ta’sirlari
Hayvonlardagi klinik oldi tadqiqotlar “KoviVak” zararsiz va xavfsiz ekanini ko‘rsatgan. Odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar buni tasdiqlagan. Vaksina salbiy ta’sirlarni keltirib chiqarmagan.
Dori yo‘riqnomasiga ko‘ra, emlanishdan keyin nojo‘ya reaksiyalar uch kungacha cho‘zilishi mumkin. Ko‘pincha vaksina kiritilgan joyda og‘riq, qattiqlashish hamda bosh og‘rig‘i, qisqa muddatli harorat ko‘tarilishi kuzatilgan.
Allergik ta’sirlar, limfa tugunlari kattalashishi mumkin.
“KoviVak” koviddan qancha himoya qilishi ma’lum emas. Bu 30 ming ko‘ngillilarda o‘tkaziladigan klinik tadqiqotlarining uchinchi bosqichi vaqtida o‘rganiladi. Chumakov markazi bosh direktori Aydar Ishmuxametov immunitet sakkiz oy himoya qilishini ma’lum qilgandi.
Vaksinani qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
“KoviVak” bilan 18 yoshdan kichik bo‘lganlar va 60 yoshdan kattalar, homiladorlar va bolasini emizuvchi onalar emlanmaydi. Shuningdek, onkopatologiya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, allergik holat qo‘llab bo‘lmaydigan ro‘yxatida. “KoviVak” ilgari har qanday boshqa vaksinaga og‘ir anafilaktik shok, Kvinke shishi kabi allergik reaksiyasi bo‘lganlarga tavsiya qilinmaydi.
Emlanish o‘tkir isitmali ahvol, yuqumli kasalliklar, surunkali kasalliklarning zo‘rayishi vaqtida ortga surib turiladi. Shuningdek, emlanishning nafi/xatarlariga baho berish uchun davolayotgan shifokor tavsiyalari talab qiladigan qator og‘ir kasalliklar bor.
“KoviVak” bilan emlanganlarning mulohazalari
O‘tgan yil dekabrida sobiq bosh sanitar vrach akademik Gennadiy Onishenko “KoviVak” bilan emlanganini ma’lum qildi. U o‘z tanlovini bunda immun tizimi yaxlit koronavirusga antitanacha ishlab chiqishi bilan tushuntirgan.
Telegramda “KoviVak” bilan emlanish haqidagi xalq hisobotlari chop qilinadigan chat ochilgan. Unda 10 mingdan ziyod ishtirokchilar bor. Odamlar emlangandan so‘ng asosan bemadorlik, bosh aylanishi, uyquchilik, teri qichishi, ukol joyidagi og‘riq, tana haroratining qisqa muddatli ko‘tarilishi, yengil lohaslikni qayd etishgan.
“KoviVak” bilan qayerda emlanish mumkin
Rossiyada emlanishga yozilishda ko‘plab tibbiyot muassasalarida Rossiyada ro‘yxatga olingan uchta vaksina o‘rtasidagi tanlov bor. Masalan, Moskvada “KoviVak” bilan besh joyda emlanish mumkin: bu 99, 94, 143, 7, 42-sonli shahar bolalar poliklinikalari. Hozircha “KoviVak” Rossiyaning aksariyat mintaqalariga cheklangan partiyalarda yetkazib berilmoqda, shuning uchun tez tugamoqda. Iyun oxiriga kelib million doza ishlab chiqarilgandi. Bu vaksina qayerda borligini Rossiya mintaqalari sog‘liqni saqlash organlarining ishonch telefonlariga murojaat qilib, bilib olish mumkin.