Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘ramoqda

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishJara
Jara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2021
Obuna bo‘lish
Iyul oyining birinchi yarmida mamlakatda ob-havo harorati keskin ko‘tarilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zgidromet markazi ma’lumotiga ko‘ra, iyul oyining birinchi yarmida mamlakatda ob-havo harorati keskin ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi fuqarolarga murojaat qildi.
Qayd etilishicha, keskin issiq havoda barcha insonlar, ayniqsa, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar o‘zlarini himoyalashlari nihoyatda muhimdir.
“Bunday sharoitda aholimizdan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasliklarini, uydan tashqarida bo‘lganda soyada yurishlarini, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 6-8 iyul kunlari O‘zbekistonda 46 darajali jazirama kuzatilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0