https://oz.sputniknews.uz/20210703/mirziyoev-davlat-xaridlari-tizimiga-oid-qarorni-imzoladi-19524590.html
Mirziyoyev davlat xaridlari tizimiga oid qarorni imzoladi
Mirziyoyev davlat xaridlari tizimiga oid qarorni imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimi takomillashtiriladi. 03.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-03T11:36+0500
2021-07-03T11:36+0500
2021-07-03T11:36+0500
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1328/08/13280897_0:96:3299:1952_1920x0_80_0_0_55ef17e12d204d58a9b795705d5d6ca3.jpg
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.2021 yil 5-iyuldan tegishli (24 ta) korporativ buyurtmachilar:- davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlar va davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portali hamda OAVda joylashtiradi;- tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati BHMning 25 ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, xaridga doir texnik topshiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritadi.- Shuningdek, mazkur korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Prezident va Hukumat qarorlariga muvofiq belgilangan davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tender savdolarini o‘tkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.Qarorga ko‘ra: - yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini o‘tkazish bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi; - ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimi joriy etiladi. Karor bilan Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20201213/Mirziev-balandparvoz-gaplar-bilan-itisoditni-yuritib-blmaydi-15591442.html
https://oz.sputniknews.uz/20210314/davlat-xaridlari-togrisidagi-qonun-maqullandi--asosiy-ozgarishlar-17743115.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1328/08/13280897_284:0:3015:2048_1920x0_80_0_0_177cb27a8d2527db4e2d1ed59fb95e3e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston
Mirziyoyev davlat xaridlari tizimiga oid qarorni imzoladi
O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimi takomillashtiriladi.
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2021 yil 5-iyuldan tegishli (24 ta) korporativ buyurtmachilar:
- davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlar va davlat xaridlari natijalari to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portali hamda OAVda joylashtiradi;
- tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati BHMning 25 ming baravari miqdoridan oshgan hollarda, xaridga doir texnik topshiriqlar va tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga kiritadi.
- Shuningdek, mazkur korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Prezident va Hukumat qarorlariga muvofiq belgilangan davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tender savdolarini o‘tkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.
- yetkazib beruvchilarning dastlabki malaka tanlovini o‘tkazish bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi;
- ombor va transport logistikasini boshqarish tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali “E-ombor” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olish elektron tizimi joriy etiladi.
Karor bilan Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.