https://oz.sputniknews.uz/20210702/ozbekistonda-rusiyzabon-veteran-jurnalistlar-kengashini-tuzish-taklif-etildi-19516521.html
O‘zbekistonda rusiyzabon veteran-jurnalistlar kengashini tuzish taklif etildi
O‘zbekistonda rusiyzabon veteran-jurnalistlar kengashini tuzish taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi so‘zlariga ko‘ra, ushbu taklifni bugungi kunda pensiya yoshida bo‘lgan rusiyzabon jurnalistlar xayrixohlik bilan kutib olishgan. 02.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-02T15:03+0500
2021-07-02T15:03+0500
2021-07-02T15:03+0500
jamiyat
jurnalist
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1062/51/10625166_0:105:2048:1257_1920x0_80_0_0_4997e7ed09f9a5ab7e463f8938449d3e.jpg
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov rusiyzabon veteran-jurnalistlar kengashini tashkil etish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri."Bugun mamlakatimizda rus tilida ijod qiladigan juda ko‘plab jurnalistlar bor, ular orasida keksalik gashtini surayotganlari ham ko‘p. Mana shunday hamkasblarimizga doimiy muloqot maydonini yaratish maqsadida Rossiyada ijod qilayotgan hamurtimiz, tarixchi Fodor Razzaqov bilan Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv davomida ushbu taklifni bildirdim", - dedi O‘sarov.Bugungi kunda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi huzurida 10ga yaqin kengashlar o‘z faoliyatini olib boradi: sud-huquq masalalari bo‘yicha, yosh jurnalistlar bo‘yicha kengashlar shular jumlasidan. Pensiya yoshidagi rusiyzabon jurnalistlar kengashini tashkil qilishdan maqsad esa - nafaqa yoshida bo‘lgan va bugun uyda o‘tirgan jurnalistlarning muloqot maydonini yaratish. Ammo, bu hozircha taklif xolos, bu bo‘yicha ta’sis yig‘ilish amalga oshirilgani yo‘q, deya aniqlik kiritdi O‘sarov.Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi ushbu taklifni bugungi kunda pensiya yoshida bo‘lgan rusiyzabon jurnalistlar xayrixohlik bilan kutib olishganini qo‘shimcha qiladi."Ulardan "yaxshi taklif, bizni anchadan beri hech kim so‘ramay qo‘ygan edi. To‘g‘risi, bugungi kun jurnalistikasidan ancha uzoqlashib qolgan edik", degan fikrlarni eshitdim. O‘zbekistonda jurnalistika yo‘nalishida rus tilida saboq oladigan talabalarimiz bor. Bu kengash a’zolari bilan mana shu talabalar uchrashuvlarini tashkil qilish, veteran-jurnalistlarimizning ijod kechalarini o‘tkazish yoki bo‘lmasa ularning mahorat maktablarini tashkil qilish rejamizda bor", - deya istiqboldagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi suhbatdosh.O‘sarov, veteran-jurnalistlar o‘zlariga shogird tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lishlarini qo‘shimcha qildi."Ocherk yozish bo‘yicha ancha yillar ilgari juda mashhur bo‘lgan jurnalistlarimiz bor. Ular o‘z maktabini yaratishi va ocherkshunos jurnalistlarni tayyorlashi mumkin. Felyeton yozadigan jurnalistlarni tayyorlashsa ham juda yaxshi bo‘lardi", - dedi O‘sarov va o‘z "mahorat maktabini tashkil qilgan veteran-jurnalistlarga Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan oylik maosh ham to‘lab berilishi ko‘zda tutilayotganini qayd etdi.Oliy maqsad esa, veteran-jurnalistlarimizning ijtimoiy faolligini oshirishdir, dedi o‘z so‘zi yakunida O‘sarov.Olimjon O‘sarov (1973 y.t.) O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini (1996), Toshkent Davlat yuridik institutining sud-prokurorlik fakultetini (2002) tamomlagan.U Oliy Majlis Qonunchalik palatasi deputati, Oliy sud axborot xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U shu paytga qadar "Nuroniy" gazetasi bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210624/ekstravagant-qaror-hokim-maruf-usmonov-kutilmaganda-xorijiy-jurnalistlarga-gid-boldi-19386247.html
https://oz.sputniknews.uz/20201228/Komil-Allamzhonov-va-Saida-Mirzieva-fakhriy-zhurnalist-olida-khabar-olishdi-15688428.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1062/51/10625166_182:92:1882:1367_1920x0_80_0_0_2af04b943236a2eadf9607316fd83b68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jurnalist
O‘zbekistonda rusiyzabon veteran-jurnalistlar kengashini tuzish taklif etildi
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi so‘zlariga ko‘ra, ushbu taklifni bugungi kunda pensiya yoshida bo‘lgan rusiyzabon jurnalistlar xayrixohlik bilan kutib olishgan.
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov rusiyzabon veteran-jurnalistlar kengashini tashkil etish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Bugun mamlakatimizda rus tilida ijod qiladigan juda ko‘plab jurnalistlar bor, ular orasida keksalik gashtini surayotganlari ham ko‘p. Mana shunday hamkasblarimizga doimiy muloqot maydonini yaratish maqsadida Rossiyada ijod qilayotgan hamurtimiz, tarixchi Fodor Razzaqov bilan Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv davomida ushbu taklifni bildirdim", - dedi O‘sarov.
Bugungi kunda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi huzurida 10ga yaqin kengashlar o‘z faoliyatini olib boradi: sud-huquq masalalari bo‘yicha, yosh jurnalistlar bo‘yicha kengashlar shular jumlasidan. Pensiya yoshidagi rusiyzabon jurnalistlar kengashini tashkil qilishdan maqsad esa - nafaqa yoshida bo‘lgan va bugun uyda o‘tirgan jurnalistlarning muloqot maydonini yaratish.
Ammo, bu hozircha taklif xolos, bu bo‘yicha ta’sis yig‘ilish amalga oshirilgani yo‘q, deya aniqlik kiritdi O‘sarov.
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi ushbu taklifni bugungi kunda pensiya yoshida bo‘lgan rusiyzabon jurnalistlar xayrixohlik bilan kutib olishganini qo‘shimcha qiladi.
"Ulardan "yaxshi taklif, bizni anchadan beri hech kim so‘ramay qo‘ygan edi. To‘g‘risi, bugungi kun jurnalistikasidan ancha uzoqlashib qolgan edik", degan fikrlarni eshitdim. O‘zbekistonda jurnalistika yo‘nalishida rus tilida saboq oladigan talabalarimiz bor. Bu kengash a’zolari bilan mana shu talabalar uchrashuvlarini tashkil qilish, veteran-jurnalistlarimizning ijod kechalarini o‘tkazish yoki bo‘lmasa ularning mahorat maktablarini tashkil qilish rejamizda bor", - deya istiqboldagi rejalar bilan o‘rtoqlashdi suhbatdosh.
O‘sarov, veteran-jurnalistlar o‘zlariga shogird tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lishlarini qo‘shimcha qildi.
"Ocherk yozish bo‘yicha ancha yillar ilgari juda mashhur bo‘lgan jurnalistlarimiz bor. Ular o‘z maktabini yaratishi va ocherkshunos jurnalistlarni tayyorlashi mumkin. Felyeton yozadigan jurnalistlarni tayyorlashsa ham juda yaxshi bo‘lardi", - dedi O‘sarov va o‘z "mahorat maktabini tashkil qilgan veteran-jurnalistlarga Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan oylik maosh ham to‘lab berilishi ko‘zda tutilayotganini qayd etdi.
Oliy maqsad esa, veteran-jurnalistlarimizning ijtimoiy faolligini oshirishdir, dedi o‘z so‘zi yakunida O‘sarov.
Olimjon O‘sarov (1973 y.t.) O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini (1996), Toshkent Davlat yuridik institutining sud-prokurorlik fakultetini (2002) tamomlagan.
U Oliy Majlis Qonunchalik palatasi deputati, Oliy sud axborot xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U shu paytga qadar "Nuroniy" gazetasi bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.