O‘zbekistonda odam savdosi kamaydi – AQSh

CC0 / Pixabay / Nasilie, arxivnoe foto
Nasilie, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi yil davomida O‘zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnat kabi jinoyatlar bo‘yicha vaziyat ancha yaxshilangan.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. AQSh Davlat Departamenti e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilda odam savdosi holatlari kamaygan.
Xususan, Respublika odam savdosi bo‘yicha umujahon antireytingida 3- o‘rindan 2 –o‘ringa (Tier2) ko‘tarilgan.
Qo‘shni davlatlar orasida Afg‘oniston to‘rtinchi (Tier3), Pokiston uchinchi “Tier2 watchlist” – o‘rinlarni egallagan. O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston – ikkinchi o‘rinni egallashgan.
© GosDep SShATorgovlya lyudmi i rabstvo v SA
Torgovlya lyudmi i rabstvo v SA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2021
Torgovlya lyudmi i rabstvo v SA
Tadqiqotchilar aytishiga qaraganda, O‘zbekistonda qonunchilik takomillashtirilishi, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi Milliy komissiya faoliyati tufayli - ushbu jinoyat turi bo‘yicha vaziyat ancha yaxshilangan.
Lekin haligacha, ayrim hududlarda paxta va fermer dalalarida majburiy mehnat holatlari, ko‘cha tozalashlarda o‘qituvchi va shifikorlarn ishlatish, Rossiya va Suriya hududlarida O‘zbekiston fuqarolarining majburiy mehnat va jinsiy qullikka jalb qilish holatlari saqlanib qolmoqda, - deyilgan hisobotda.
Yangiliklar lentasi
0