https://oz.sputniknews.uz/20210702/meni-kechir-quyoshginam-qarilikdan-vafot-etgan-10-yashar-qizaloqqa-onaizor-maktubi-19510493.html
"Meni kechir quyoshginam": qarilikdan vafot etgan 10 yashar qizaloqqa onaizor maktubi
"Meni kechir quyoshginam": qarilikdan vafot etgan 10 yashar qizaloqqa onaizor maktubi
Sputnik O‘zbekiston
Qizaloq progeriyadan - o‘ta noyob genetik bedavo kasallikdan aziyat chekkan - bu dard shuningdek, Xatchinson-Gilford sindromi sifatida ham mashhur. 02.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-02T11:51+0500
2021-07-02T11:51+0500
2021-07-02T11:57+0500
dunyoda
kasallik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0a/17485441_0:0:3159:1777_1920x0_80_0_0_56c93b51e5ef374a83dc662a067d619b.jpg
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Ukrainaning Vinnisk viloyatidan bo‘lgan o‘n yashar qizaloq Ira Ximich qarilikdan vafot etdi. Qizaloqning o‘limi haqida uning onasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida xabar qoldirgan."Irochka dunyodan ko‘z yumdi. Kecha uning yuragi urishdan to‘xtadi. Meni kechir, quyoshim, bu safar seni qutqara olmadim", — deb yozgan ayol.Qizaloq progeriyadan - o‘ta noyob genetik bedavo kasallikdan aziyat chekkan - bu dard shuningdek, Xatchinson-Gilford sindromi sifatida ham mashhur.Ushbu kasallikka chalinganlarda organizmdagi qarish jarayoni tufayli teri va ichki a’zolar o‘zgarishi yuz beradi - chaqaloq bir necha oy davomida normal rivojlanib, so‘ngra undagi qarish alomatlari tezlashib ketadi.Bolalar progeriyasi tug‘ma bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, aksariyat bemorlarda klinik belgilar odatda 2-3 yoshda namoyon bo‘la boshlaydi. Bunda bola o‘sishi birdan susayadi, derma, teriosti hujayralari, ayniqsa yuz va oyoqlarda atrofik o‘zgarishlar qayd etiladi.Teri yupqalashadi, ajinsimon tusga kiradi, bemor tishlari, sochlari va tirnoqlarida distrofik jarayonlar boshlanadi.Progeriyadan aziyat chekuvchilar bir yil ichida biologik jihatdan o‘n yilga qarishlari mumkin. Bolalar progeriyasida o‘rtacha umr davomiyligi - 13 yoshni tashkil etadi.Irinaga bu tashxis u 5 yoshga to‘lganida qo‘yilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210205/orindagi-dam-okhiri-lim-bilan-tugaydigan-kasallik-belgisi-blishi-mumkin-15937955.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0a/17485441_489:29:2719:1702_1920x0_80_0_0_317380f4c141c0befee0b4707ea70dee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, kasallik
"Meni kechir quyoshginam": qarilikdan vafot etgan 10 yashar qizaloqqa onaizor maktubi
11:51 02.07.2021 (yangilandi: 11:57 02.07.2021) Qizaloq progeriyadan - o‘ta noyob genetik bedavo kasallikdan aziyat chekkan - bu dard shuningdek, Xatchinson-Gilford sindromi sifatida ham mashhur.
TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Ukrainaning Vinnisk viloyatidan bo‘lgan o‘n yashar qizaloq Ira Ximich qarilikdan vafot etdi. Qizaloqning o‘limi haqida uning onasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida xabar qoldirgan.
"Irochka dunyodan ko‘z yumdi. Kecha uning yuragi urishdan to‘xtadi. Meni kechir, quyoshim, bu safar seni qutqara olmadim", — deb yozgan ayol.
Qizaloq progeriyadan - o‘ta noyob genetik bedavo kasallikdan aziyat chekkan - bu dard shuningdek, Xatchinson-Gilford sindromi sifatida ham mashhur.
Ushbu kasallikka chalinganlarda organizmdagi qarish jarayoni tufayli teri va ichki a’zolar o‘zgarishi yuz beradi - chaqaloq bir necha oy davomida normal rivojlanib, so‘ngra undagi qarish alomatlari tezlashib ketadi.
Bolalar progeriyasi tug‘ma bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, aksariyat bemorlarda klinik belgilar odatda 2-3 yoshda namoyon bo‘la boshlaydi. Bunda bola o‘sishi birdan susayadi, derma, teriosti hujayralari, ayniqsa yuz va oyoqlarda atrofik o‘zgarishlar qayd etiladi.
Teri yupqalashadi, ajinsimon tusga kiradi, bemor tishlari, sochlari va tirnoqlarida distrofik jarayonlar boshlanadi.
Progeriyadan aziyat chekuvchilar bir yil ichida biologik jihatdan o‘n yilga qarishlari mumkin. Bolalar progeriyasida o‘rtacha umr davomiyligi - 13 yoshni tashkil etadi.
Irinaga bu tashxis u 5 yoshga to‘lganida qo‘yilgan.