https://oz.sputniknews.uz/20210701/yangi-oquv-yilidan-talim-krediti-14-foizda-7-yilga-beriladi--19488266.html
Yangi o‘quv yilidan ta’lim krediti 14 foizda 7-yilga beriladi
Yangi o‘quv yilidan ta’lim krediti 14 foizda 7-yilga beriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7-yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi 01.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-01T09:08+0500
2021-07-01T09:08+0500
2021-07-01T09:57+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
yoshlar
kontrakt
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177484_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_b8de759eb4252e3fb6570ff0ce49353c.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7-yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni 2021-yilda 14 foiz stavkada ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.Bunga qo‘shimcha ravishda, ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinishi aytildi."Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun, kontraktni budjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177484_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fd044041755d857974cb8fdc25572dfb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, yoshlar, kontrakt, ta’lim
iqtisod, shavkat mirziyoyev, yoshlar, kontrakt, ta’lim
Yangi o‘quv yilidan ta’lim krediti 14 foizda 7-yilga beriladi
09:08 01.07.2021 (yangilandi: 09:57 01.07.2021) O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7-yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi
TOShKENT, 1 iyul — Sputnik. Yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7-yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni 2021-yilda 14 foiz stavkada ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.
“Ma’lumki, bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda o‘qitish uchun 22–28 foiz stavkada ta’lim kreditini 3-yil muddatga olmoqdalar. Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham bor gap. Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7-yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni 2021-yilda 14 foiz stavkada ajratiladi”, -
dedi davlat rahbari.
Bunga qo‘shimcha ravishda, ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinishi aytildi.
"Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun, kontraktni budjetdan to‘lab berish tartibi joriy etiladi.