https://oz.sputniknews.uz/20210701/toshkent-aeroporti-estakadasi-qoidalar-tolov-va-jarima-19504412.html
Toshkent aeroporti estakadasi: qoidalar, to‘lov va jarima
Toshkent aeroporti estakadasi: qoidalar, to‘lov va jarima
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10-iyuldan test rejimida ochiladi. 01.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-01T19:34+0500
2021-07-01T19:34+0500
2021-07-01T19:34+0500
jamiyat
toshkent
toshkent xalqaro aeroporti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/01/19504217_0:78:701:472_1920x0_80_0_0_04507075e2f27551f5abf00f4c781d85.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10-iyuldan test rejimida ochiladi.Uzbekistan Airports kompaniyasi poytaxt aeroportidan uchayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent xalqaro aeroporti terminali estakadasini ochishni ma’lum qildi.Estakada bo‘ylab avtotransport vositalari harakati 2021-yil 10-iyuldan test rejimida ishga tushadi.Bunda,Toshkent xalqaro aeroporti bilan shartnoma imzolagan litsenziyaga ega taksilar;O‘zbekiston Turizm va sport vazirligining arizasiga ko‘ra, turistik avtobuslar hamda mikroavtobuslar;VIP va Business Lounge orqali xizmat ko‘rsatiladigan xorij delegatsiyalari avtotransport vositalariga estakada bo‘ylab harakatlanishga ruxsat beriladi.Toshkent xalqaro aeroportiga estakada orqali o‘tish qoidalari:- Estakadaning o‘ng liniyasi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun mo‘ljallangan;- Estakadaning chap liniyasi taksilar harakati uchun mo‘ljallangan;- Turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun estakada bepul, harakatlanish hamda yo‘lovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 10 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 10 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;- Taksilar uchun estakada bo‘ylab bepul harakatlanish hamda yo‘lovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 5 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 5 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;- O‘ng va chap liniyalarni ajratib turuvchi sariq chiziqni bosish taqiqlanadi va uni bosish qoidabuzarlik hisoblanib, jarimaga sabab bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210615/uzbekistan-airways-samolyotlari-yana-domodedovo-aeroportiga-qona-boshladi-19242335.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/01/19504217_0:12:701:538_1920x0_80_0_0_2ba4633970f3177efd45d6227c2d5f1d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, toshkent xalqaro aeroporti
jamiyat, toshkent, toshkent xalqaro aeroporti
Toshkent aeroporti estakadasi: qoidalar, to‘lov va jarima
Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10-iyuldan test rejimida ochiladi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti estakadasi 10-iyuldan test rejimida ochiladi.
Uzbekistan Airports kompaniyasi poytaxt aeroportidan uchayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent xalqaro aeroporti terminali estakadasini ochishni ma’lum qildi.
Estakada bo‘ylab avtotransport vositalari harakati 2021-yil 10-iyuldan test rejimida ishga tushadi.
Toshkent xalqaro aeroporti bilan shartnoma imzolagan litsenziyaga ega taksilar;
O‘zbekiston Turizm va sport vazirligining arizasiga ko‘ra, turistik avtobuslar hamda mikroavtobuslar;
VIP va Business Lounge orqali xizmat ko‘rsatiladigan xorij delegatsiyalari avtotransport vositalariga estakada bo‘ylab harakatlanishga ruxsat beriladi.
Toshkent xalqaro aeroportiga estakada orqali o‘tish qoidalari:
- Estakadaning o‘ng liniyasi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun mo‘ljallangan;
- Estakadaning chap liniyasi taksilar harakati uchun mo‘ljallangan;
- Turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun estakada bepul, harakatlanish hamda yo‘lovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 10 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 10 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;
- Taksilar uchun estakada bo‘ylab bepul harakatlanish hamda yo‘lovchilarni qisqa muddatda tushirish vaqti 5 daqiqadan oshmaydi, belgilangan vaqtdan o‘tib ketsa, har 5 daqiqa uchun to‘lov undiriladi;
- O‘ng va chap liniyalarni ajratib turuvchi sariq chiziqni bosish taqiqlanadi va uni bosish qoidabuzarlik hisoblanib, jarimaga sabab bo‘ladi.