https://oz.sputniknews.uz/20210701/putin-rossiyaga-kirib-kelayotgan-migrantlar-uchun-yangi-qoidalarni-joriy-etdi-19496856.html
Putin Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlar uchun yangi qoidalarni joriy etdi
Putin Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlar uchun yangi qoidalarni joriy etdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Federatsiyasi rahbari chet el fuqarolari uchun RFga kirib kelish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi 01.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-01T14:39+0500
2021-07-01T14:39+0500
2021-07-01T14:39+0500
siyosat
vladimir putin
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1e/19473189_0:5:3285:1853_1920x0_80_0_0_203360d7cbc2b6edbb69aac31c058e09.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirib kelish qoidalarini o‘zgartiruvchi qonunga imzo chekdi.Qonunga muvofiq, Rossiyaga kirib keladigan chet elliklar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.Shuningdek, migrantlar va sayyohlar daktiloskopik ro‘yxatdan o‘tishlari va suratga tushishlari ham majburiy etib belgilangan.Ushbu qoidalar RF hududiga vizasiz tartib orqali kirib kelib, mamlakatda uzoq vaqt qoladigan, jumladan mehnat faoliyatini amalga oshiradigan chet elliklar uchun joriy etilmoqda.Ta’kidlash kerakki, sal avval Rossiyaga kirib keladigan chet elliklar faqatgina mehnat patentini rasmiylashtirishda daktiloskopiya va medkomissiyadan o‘tar edilar. Boshqa maqsadlar bilan kirib keluvchi mehmonlar buni amalga oshirishga majbur emas edi.Chet elliklar Rossiyaga kirib kelgach 30 kun davomida daktiloskopiya topshirib, medkomissiyadan o‘tishlari kerak bo‘ladi, agar ular 3 oydan ortiq muddatga kelgan bo‘lsalar, bu ishni 90 kun ichida amalga oshirishlari mumkin.Qonunchilikdagi o‘zgarishlar 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar va Belarus fuqarolariga joriy etilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20210627/putin-15-iyulgacha-mehnat-migrantlarini-emlashni-tashkil-etish-boyicha-topshiriq-berdi-19430287.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1e/19473189_259:0:2990:2048_1920x0_80_0_0_84e3202ddf6852fe686b2924d74f659f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, vladimir putin, migratsiya
siyosat, vladimir putin, migratsiya
Putin Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlar uchun yangi qoidalarni joriy etdi
Rossiya Federatsiyasi rahbari chet el fuqarolari uchun RFga kirib kelish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirib kelish qoidalarini o‘zgartiruvchi qonunga imzo chekdi.
Qonunga muvofiq, Rossiyaga kirib keladigan chet elliklar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, migrantlar va sayyohlar daktiloskopik ro‘yxatdan o‘tishlari va suratga tushishlari ham majburiy etib belgilangan.
Ushbu qoidalar RF hududiga vizasiz tartib orqali kirib kelib, mamlakatda uzoq vaqt qoladigan, jumladan mehnat faoliyatini amalga oshiradigan chet elliklar uchun joriy etilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, sal avval Rossiyaga kirib keladigan chet elliklar faqatgina mehnat patentini rasmiylashtirishda daktiloskopiya va medkomissiyadan o‘tar edilar. Boshqa maqsadlar bilan kirib keluvchi mehmonlar buni amalga oshirishga majbur emas edi.
Chet elliklar Rossiyaga kirib kelgach 30 kun davomida daktiloskopiya topshirib, medkomissiyadan o‘tishlari kerak bo‘ladi, agar ular 3 oydan ortiq muddatga kelgan bo‘lsalar, bu ishni 90 kun ichida amalga oshirishlari mumkin.
Qonunchilikdagi o‘zgarishlar 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar va Belarus fuqarolariga joriy etilmaydi.