https://oz.sputniknews.uz/20210701/andijon-hokimining-qizini-toyi-hokimlik-bayonoti-19503043.html
“Andijon hokimining qizini to‘yi”: hokimlik bayonoti
“Andijon hokimining qizini to‘yi”: hokimlik bayonoti
Sputnik O‘zbekiston
Shuhrat Abdurahmonovning kenja qiziga dabdabali to‘y qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi. 01.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-01T18:16+0500
2021-07-01T18:16+0500
2021-07-01T18:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
andijon viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/16/15031315_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_ce15d3fb7dd0ca3f2cb17b18ec1d0757.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning kenja qiziga dabdabali to‘y qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi.“Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon hokimining qizini to‘yi bo‘layotgani haqidagi videolavha yuzasidan Andijon viloyati hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi;Haqiqatdan ham, videolavhaning birinchi qismida Andijon viloyati hokimining qizi va kuyovining unashtiruv marosimidagi suratlar aks etgan. Andijon viloyati hokimi yaqin kunlarda qizini turmushga uzatganligi ma’lum. Ammo, tarqatilgan videoning ikkinchi qismida turli xil kiyim kechaklar bilan to‘ldirilgan gardiroblar, uy-joylar aks ettirilgan suratlar viloyat hokimiga umuman aloqador emasligi aniqlandi. Ushbu fotosuratlar internet tarmoqlaridan ko‘chirib olingan va ko‘chirilgan suratlar yordamida tayyorlanganligi ma’lum bo‘ldi.Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, yuqoridagilarni inobatga olib, yolg‘on axborot tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatish holatlari uchun qonuniy jazo choralari mavjud ekanini eslatib o‘tamiz”, - deyilgan bayonotda.
https://oz.sputniknews.uz/20210608/toshkentdagi-toyda-rossiya-va-turkiya-estrada-yulduzlari-qoshiq-kuyladi-19151536.html
o‘zbekiston
andijon viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/16/15031315_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_822c5f2a8f56d9b24a2c019932a83716.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, andijon viloyati
jamiyat, o‘zbekiston, andijon viloyati
“Andijon hokimining qizini to‘yi”: hokimlik bayonoti
Shuhrat Abdurahmonovning kenja qiziga dabdabali to‘y qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning kenja qiziga dabdabali to‘y qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon hokimining qizini to‘yi bo‘layotgani haqidagi videolavha yuzasidan Andijon viloyati hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi;
Haqiqatdan ham, videolavhaning birinchi qismida Andijon viloyati hokimining qizi va kuyovining unashtiruv marosimidagi suratlar aks etgan. Andijon viloyati hokimi yaqin kunlarda qizini turmushga uzatganligi ma’lum. Ammo, tarqatilgan videoning ikkinchi qismida turli xil kiyim kechaklar bilan to‘ldirilgan gardiroblar, uy-joylar aks ettirilgan suratlar viloyat hokimiga umuman aloqador emasligi aniqlandi. Ushbu fotosuratlar internet tarmoqlaridan ko‘chirib olingan va ko‘chirilgan suratlar yordamida tayyorlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, yuqoridagilarni inobatga olib, yolg‘on axborot tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatish holatlari uchun qonuniy jazo choralari mavjud ekanini eslatib o‘tamiz”, - deyilgan bayonotda.