Aksariyat yosh tadbirkorlar maishiy xizmatlar sohasini tanlamoqda – DSQ

© Yevgeniy BiyatovParikmaxer za rabotoy
Parikmaxer za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zini o‘zi band qilganlar orasida yoshi 30-gacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar ulushi 36 %ni tashkil qilmoqda. Ularning aksariyati maishiy, ijtimoiy va sanoat xizmatlari sohalarida faoliyat yuritmoqda.
TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Yoshlar o‘zini o‘zi band qilishni tanlamoqda, deb xabar qilmoqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 852 372 fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ulardan 310 148 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, - deyilgan xabarda.
Yosh o‘g‘il-qizlar orasida eng ommabop yo‘nalishlar:
Maishiy xizmatlar (106 ming) - ya’ni sartaroshlik, kosmetologiya, kalitlar tayyorlash, poyabzal tikish, ta’mirlash va boshqalar. Ushbu sohada jami 106 482 kishi o‘zini o‘zi band qilgan;
Qishloq xo‘jaligi (71 ming) - chorva mollarini o‘tlatish, parvarish qilish, o‘simlik ekish, tomorqa egalariga yordam berish va ho kazo. Ushbu sxizmatlar bilan 71 694 kishi band;
Sanoat xizmatlari (51 ming) - yog‘och me’morchiligi, santexnika, elektr montaj, makulatura, plastik, temir-tersak to‘plashda 51 575 nafar yoshlar band;
Ijtimoiy xizmatlar (44 ming) - uyda repetitorlik qilish, enagalik, uy-xo‘jalik ishlari, tozalash ishlari, xalq tabobati sohalarida – 44 273 kishi band;
Xalq iste’moli mollarini uyda ishlab chiqarish (26 ming) – non yopish, pop-korn, muzqaymoq, salat va ichimliklar tayyorlash, bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish – 26 639 nafar;
AKT sohasi (9 ming) - ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, dasturiy ta’minot, mobil ilovalar va veb saytlarni ishlab chiqish, matnni yaratish va ishlov berishda - 9 485 nafar yosh ro‘yxatdan o‘tgan.
Hududlar kesimida o‘zini o‘zi band qilganlar orasida eng ko‘p kishi Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatida qayd etilgan - 44, 43 va 41 ming kishi.
© Soliq qo‘mitasiO‘zini o‘zi band qilganlar
O‘zini o‘zi band qilganlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2021
O‘zini o‘zi band qilganlar
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 18 million kishidan ziyodni tashkil qiladi. Ulardan 648 ming nafari ishsiz deb ro‘yxatga olingan (2021 yil aprel).
O‘Zbekistonda 2020-yilning iyul oyida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar haqida 4742-sonli prezident qarori imzolangan edi. Unga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bir yilda bir marotaba BHM miqdorida (245 ming so‘m) daromad solig‘i to‘laydi. Bir yil ichida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida 850 mingdan ortiq fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0