https://oz.sputniknews.uz/20210630/qozogiston-ozbekistondan-gilos-xarid-qilib-dubayga-sotadi-19473461.html
Qozog‘iston O‘zbekistondan gilos xarid qilib, Dubayga sotadi
Qozog‘iston O‘zbekistondan gilos xarid qilib, Dubayga sotadi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston kompaniyasi keyinchalik Dubay savdo nuqtalariga sotish uchun o‘zbek gilosini xarid qilishni rejalashtirmoqda. 30.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-30T12:06+0500
2021-06-30T12:06+0500
2021-06-30T12:15+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qozog‘iston
gilos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/563/34/5633431_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9e6e95fa45f575587758ffed11329d44.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistondan Qozog‘istonga meva va sabzavot karvoni keladi. Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultanovning ishchi tashrifi shunday natijalar bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Forbes Kazakhstan.Qozog‘istonlik vazirning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent hokimi bilan sanoat koorporatsiyasi to‘g‘risidagi kelushuvga erishilgan, xususan, “Sergak” loyihasi va Qozog‘istonning “Alageum Electric” kompaniyasi transformatorlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Sultanov tashrif doirasida Qozog‘iston delegatsiyasi “dala va bog‘lar, bozor va agrologistik markazlarga borgani, transport yo‘laklari va sotish yo‘lidagi to‘siqlar haqida so‘ragani, dehqonlar, sotuvchilar va mintaqa rahbarlari bilan ko‘plab uchrashuv o‘tkazganini” qayd etgan.Baxit Sultanov tashrifning so‘nggi ikki kunida ikkita shartnoma imzolanganini ma’lum qilgan. Birinchisi 500 ming dollarga o‘zbek gilosini xarid qilish. Uning doirasida “bitim tuzgan Qozog‘iston kompaniyasi keyinchalik Dubay savdo nuqtalariga yetkazib berish uchun yuqori sifatli o‘zbek va qozoq gilosining yiriklashtirilgan partiyasini to‘plashni rejalashtirimoqda”.Ikkinchi shartnoma Tojikistonning So‘g‘d viloyati Bobojon G‘afurov tumanidan Qozog‘iston savdo tarmoqlariga 500 ming dollarlik meva va savzavot mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘zda tutadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210608/ozbekiston-ilk-bor-singapurga-gilos-eksport-qildi-19151757.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/563/34/5633431_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fba73867dd1972c1f60c738673baa087.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, gilos
iqtisod, o‘zbekiston, qozog‘iston, gilos
Qozog‘iston O‘zbekistondan gilos xarid qilib, Dubayga sotadi
12:06 30.06.2021 (yangilandi: 12:15 30.06.2021) Qozog‘iston kompaniyasi keyinchalik Dubay savdo nuqtalariga sotish uchun o‘zbek gilosini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistondan Qozog‘istonga meva va sabzavot karvoni keladi. Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultanovning ishchi tashrifi shunday natijalar bilan yakunlandi, deb
xabar bermoqda Forbes Kazakhstan.
Qozog‘istonlik vazirning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent hokimi bilan sanoat koorporatsiyasi to‘g‘risidagi kelushuvga erishilgan, xususan, “Sergak” loyihasi va Qozog‘istonning “Alageum Electric” kompaniyasi transformatorlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Sultanov tashrif doirasida Qozog‘iston delegatsiyasi “dala va bog‘lar, bozor va agrologistik markazlarga borgani, transport yo‘laklari va sotish yo‘lidagi to‘siqlar haqida so‘ragani, dehqonlar, sotuvchilar va mintaqa rahbarlari bilan ko‘plab uchrashuv o‘tkazganini” qayd etgan.
“Biz muhokama qilgan muhim bir jihat: tovar o‘tkazuvchi yo‘laklar bo‘ylab tashkil etiladigan logistik markazlarda shunchalik saralashni emas, balki to‘g‘ri qadoqlashni tashkil etish masalasini hal etishni nazarda tutish lozim”, - degan qozog‘istonlik vazir.
Baxit Sultanov tashrifning so‘nggi ikki kunida ikkita shartnoma imzolanganini ma’lum qilgan. Birinchisi 500 ming dollarga o‘zbek gilosini xarid qilish. Uning doirasida “bitim tuzgan Qozog‘iston kompaniyasi keyinchalik Dubay savdo nuqtalariga yetkazib berish uchun yuqori sifatli o‘zbek va qozoq gilosining yiriklashtirilgan partiyasini to‘plashni rejalashtirimoqda”.
Ikkinchi shartnoma Tojikistonning So‘g‘d viloyati Bobojon G‘afurov tumanidan Qozog‘iston savdo tarmoqlariga 500 ming dollarlik meva va savzavot mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘zda tutadi.