Putin bo‘lajak Rossiya prezidenti haqidagi savolga javob berdi

© Sputnik  / Mediabankka o‘tishTranslyatsiya pramoy linii s prezidentom RF V. Putinim
Translyatsiya pramoy linii s prezidentom RF V. Putinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
Boris Yelsin menga prezident lavozimiga o‘z nomzodimni qo‘yishni taklif qilganda, men “bunga hali tayyor emasman” deb javob berganman.
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin fuqarolar bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muloqot chog‘ida bo‘lajak Rossiya prezidenti haqidagi savolga javob berdi.
- Vladimir Vladimirovich, sizga Boris Yelsin hukumatni topshirgan edi. Hozir ham Rossiyada ana shunday bo‘lishi mumkinmi? Sizning jamoangizda hukumatni shubhasiz topshirish mumkin bo‘lgan odam bormi?
- Nikolay Petrovich, Boris Nikolayevich Yelsin menga hukumatni topshirmagan. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, Rossiya prezidenti o‘z vakolatini topshirsa, hukumat raisi uning o‘rniga vaqtincha prezident lavozimni bajaruvchi vazifasini egallaydi.
O‘sha vaqtda men hukumat raisi edim. Aslida bu voqeadan oldin boshqa muhim voqealar ham sodir bo‘lgan edi. Men FXX rahbari bo‘lgan vaqtimda Boris Nikolayevich menga Xavfsizlik Kengashi kotibi bo‘lishni taklif qilgan edi. Bu tizim siyosiy darajada kuch ishlatar tizimlari faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Putin Rossiya va Ukraina tarixi haqida maqola yozishini ma’lum qildi
Menga prezident topshirig‘iga binoan FXX direktori tanlashim kerak edi. Lekin men ushbu lavozimni taklif qilgan kishilar undan voz kechishgan. Ushanda bu meni hayratda qoldirgan edi. Lekin bunga sabab ham bor edi – mamlakatda vaziyat juda og‘ir edi. Bunday katta javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishni ko‘pchillik istamas edi.
O‘shanda Boris Nikolayevich menga kelajakda prezident lavozimiga o‘z nomzodimni qo‘yishni taklif qilgan edi, lekin men “bunga tayyor emasman” deb javob berganman.
Shundan keyin prezident darhaqiqat o‘z lavozimini tark etdi. Men konstitutsiya bo‘yicha prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ldim. Lekin oxir-oqibat davlat rahbarini rossiyada faqat fuqarolar tanlaydi. Ular o‘z saylov huquqlarini to‘g‘ri va yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradilar.
Mening o‘rnimga keladigan odam haqida esa, albatta almashtirib bo‘lmaydigan odam yo‘q va bunday lavozim hech qachon bo‘sh qolmaydi. Mening esa asosiy vazifam, o‘rnimga kelayotgan odamlarga kerakli maslahatlarni berish. Dunyoning barcha mamlakatlarida ana shunday tajriba qo‘llaniladi. Vaqti kelganda, umid qilamanki, menda ham bizning ajoyib mamlakatimizni boshqarish uchun munosib nomzodni tavsiya qilish imkoni bo‘ladi, - dedi Putin.
Yangiliklar lentasi
0