https://oz.sputniknews.uz/20210630/janubiy-koreyada-noqonuniy-ishlayotgan-ozbekistonliklar-ushlandi-19485283.html
Janubiy Koreyada noqonuniy ishlayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Janubiy Koreyada noqonuniy ishlayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
Koreya Respublikasida noqonuniy ishlayotgan migrantlar ushlandi. 30.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-30T19:11+0500
2021-06-30T19:11+0500
2021-06-30T19:28+0500
migratsiya
migrantlar
koreya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1211/47/12114780_0:154:2947:1812_1920x0_80_0_0_fb97162f7b451f38bafd6d96f292a8a2.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasining qator mahalliy administratsiyalari o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarga asosan respublika fuqarolari 5 oylik mavsumiy ishlarda E-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu davlatga yuborilmoqda.Mazkur fuqarolar Koreya Respublikasiga borgandan keyin belgilangan tartibga ko‘ra, ma’lum muddat karantin hududida saqlanmoqda. Karantinda saqlanayotgan fuqarolar bilan ushbu davlatga E-9 vizasi bilan 2014-yilda kelib, ayni paytda noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari ogohlantirishsiz uchrashmoqchi bo‘lganda Koreya Respublikasi ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.Ulardan karantin hududiga kirish sababi so‘ralganda, asl maqsadini, ya’ni E-8 vizasi bilan kelgan fuqarolarni noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lganini yashirib, u yerdagi fuqaroga telefon apparatini bermoqchi ekanini aytgan.Hozirgi vaqtda fuqarolarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210621/toshkentda-janubiy-koreya-fuqarosi-oz-vatandoshini-pichoqlab-oldirdi-19325302.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1211/47/12114780_164:0:2784:1965_1920x0_80_0_0_ba774e7f5e7e66e33dd51c21ca598b6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, koreya
migratsiya, migrantlar, koreya
Janubiy Koreyada noqonuniy ishlayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
19:11 30.06.2021 (yangilandi: 19:28 30.06.2021) Koreya Respublikasida noqonuniy ishlayotgan migrantlar ushlandi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasining qator mahalliy administratsiyalari o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarga asosan respublika fuqarolari 5 oylik mavsumiy ishlarda E-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu davlatga yuborilmoqda.
Mazkur fuqarolar Koreya Respublikasiga borgandan keyin belgilangan tartibga ko‘ra, ma’lum muddat karantin hududida saqlanmoqda. Karantinda saqlanayotgan fuqarolar bilan ushbu davlatga E-9 vizasi bilan 2014-yilda kelib, ayni paytda noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari ogohlantirishsiz uchrashmoqchi bo‘lganda Koreya Respublikasi ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.
Ulardan karantin hududiga kirish sababi so‘ralganda, asl maqsadini, ya’ni E-8 vizasi bilan kelgan fuqarolarni noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lganini yashirib, u yerdagi fuqaroga telefon apparatini bermoqchi ekanini aytgan.
Hozirgi vaqtda fuqarolarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.