https://oz.sputniknews.uz/20210630/axborot-hududini-himoya-qilish-milliy-xavfsizlikni-himoya-qilishga-teng--lebedev-19474800.html
Axborot hududini himoya qilish milliy xavfsizlikni himoya qilishga teng – Lebedev
Axborot hududini himoya qilish milliy xavfsizlikni himoya qilishga teng – Lebedev
Sputnik O‘zbekiston
MDH davlatlari axborot xavfsizligi sohasida o‘zaro aloqalarni boshqarish va unifikatsiya qilishga kelishib olishdi. 30.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-30T12:42+0500
2021-06-30T12:42+0500
2021-06-30T12:46+0500
siyosat
xavfsizlik
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1309/14/13091494_0:12:1281:732_1920x0_80_0_0_40717d6a45001b35ce3246cfbda694ae.jpg
TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH xalqaro ekspertlar forumida axborot va kiber xavfsizligini ta’minlash muammolarini muhokama qilishdi va ushbu sohada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo izlanishlar instituti tomonidan tashkil qilingan tadbir videkonferensiya formatida bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan ekspertlar, bugungi kunda axborot hududini himoya qilish o‘ta muhim vazifa ekanini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, MDH raisi ushbu maqsad yo‘lida, terrorchilik va ekstremizmning yangi ko‘rinishlariga qarshilik ko‘rsatish va ushbu sohadagi muammolarning barchasini o‘rganish maqsadida keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan Rossiya FXX servis markaziga MDH miqyosidagi bazaviy tashkilot maqomini berish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini qayd etdi. Bu borada Moskvadagi IIV universiteti axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha bazaviy tashkilot maqomini olgani misol qilib ko‘rsatildi. Undan tashqari Forumda quyidagi mavzular muhokama qilindi: Forum yakunida ishtirokchilar MDH hukumatlari uchun innovatsion rivojlanish strategiyasi, jumladan axborot va kiber xavfsizligini ta’minlash, rivojlanishni huquqiy, tashkiliy va texnik jihatdan ta’minlash masalalarini samarali amalga oshirish bo‘yicha raqamli iqtisodiyot, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash borasida amaliy takliflarni o‘z ichiga olgan yakuniy hujjatni qabul qildilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1309/14/13091494_67:0:1204:853_1920x0_80_0_0_25ef4b3d3c04abfc51077cbacb28b78b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, xavfsizlik, mdh
Axborot hududini himoya qilish milliy xavfsizlikni himoya qilishga teng – Lebedev
12:42 30.06.2021 (yangilandi: 12:46 30.06.2021) MDH davlatlari axborot xavfsizligi sohasida o‘zaro aloqalarni boshqarish va unifikatsiya qilishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 30-iyun – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH xalqaro ekspertlar forumida axborot va kiber xavfsizligini ta’minlash muammolarini muhokama qilishdi va ushbu sohada o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo izlanishlar instituti tomonidan tashkil qilingan tadbir
videkonferensiya formatida bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqan ekspertlar, bugungi kunda axborot hududini himoya qilish o‘ta muhim vazifa ekanini alohida ta’kidlashdi.
“Hozirgi zamon sharoitida axborot hududini himoya qilish milliy xavfsizlikni himoya qilish bilan teng vazifa ekanini biz siz bilan yaxshi tushunamiz. Shu sababli ham ushbu sohada davlatlararo aloqalarni boshqarish va unifikatsiya qilish Hamdo‘stligimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri”, - dedi dedi MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev.
Shuningdek, MDH raisi ushbu maqsad yo‘lida, terrorchilik va ekstremizmning yangi ko‘rinishlariga qarshilik ko‘rsatish va ushbu sohadagi muammolarning barchasini o‘rganish maqsadida keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan Rossiya FXX servis markaziga MDH miqyosidagi bazaviy tashkilot maqomini berish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini qayd etdi.
Bu borada Moskvadagi IIV universiteti axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha bazaviy tashkilot maqomini olgani misol qilib ko‘rsatildi.
Undan tashqari Forumda quyidagi mavzular muhokama qilindi:
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlash;
AKTdan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish;
axborot infratuzilmasi obyektlarini texnik himoya qilish va kiberjinoyatlarni tergov qilish;
axborot muhitida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish.
Forum yakunida ishtirokchilar MDH hukumatlari uchun innovatsion rivojlanish strategiyasi, jumladan axborot va kiber xavfsizligini ta’minlash, rivojlanishni huquqiy, tashkiliy va texnik jihatdan ta’minlash masalalarini samarali amalga oshirish bo‘yicha raqamli iqtisodiyot, shuningdek, ushbu yo‘nalishda ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash borasida amaliy takliflarni o‘z ichiga olgan yakuniy hujjatni qabul qildilar.