Saudiya Arabistoni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan anjumanga taklif qilindi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishVid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii
Vid goroda Er-Riyad - stolisi Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumaniga barcha Markaziy Osiyo davlatlari, Afg‘oniston, Pokiston va boshqa davlatlar taklif qilingan.
TOShKENT, 29-iyun – Sputnik. Bugun O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qirolligi tashqi ishlar vazirlari orasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 4-raundi, videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

Onlayn uchrashuvda Toshkentda 15-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” nomli xalqaro anjumanda Saudiya Arbistonining yuqori darajada ishtirok etishining tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

Undan tashqari tomonlar ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanetar munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Anjumanda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Iyd as-Sakafi ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: hududiy bog‘liqlik. Chaqiriq va imkoniyatlar” nomli xalqaro anjumanning asosiy maqsadi – Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasidir. Unga Markaziy Osiyo davlatlari, Afg‘onistondagi turli kuchlar vakillari, Pokiston, Eron, AQSh va boshqa davlat vakillari taklif qilingan.
Yangiliklar lentasi
0