“Qonunga rioya qilish to‘g‘risidagi bitim”: Rossiyadagi migrantlarni qanday yangilik kutapti

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSotrudniki politsii i passajir
Sotrudniki politsii i passajir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Obuna bo‘lish
Mehnat migrantlari endi Rossiya qonunlarini buzgan taqdirda ular bu uchun javobgarlik borligini bilmaganliklarini bahona qila olishmaydi. Bunga Rossiya ekspertlarining ishonchi komil. Chunki ular mamlakatga kirishda “qonunga rioya qilish to‘g‘risidagi bitim”ga imzo chekishadi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Migratsiya sohasidagi yangi federal qonun loyihasida yangi band paydo bo‘ldi – endilikda chet el fuqarolari Rossiyaga kirishda “qonunga rioya qilish to‘g‘risidagi bitim” deb ataluvchi hujjatni imzolashadi. Bu ularning mamlakatda bo‘lish va mehnat faoliyatini amalga oshirish qoidalari bilan tanishib chiqqanliklarini anglatadi.
Migratsiya to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasida aytilishicha, chet elliklar bu bitimni imzolayotib, ular qonunlarga rioya qilmaslik oqibatlari borasida xabardor qilinganliklari va mamlakatga zarar yetkazmaslikka rozilik berishlarini tasdiqlashadi. Shuningdek, migrantlar zimmasiga bitim shartlarini buzgan taqdirda mamlakatdan ehtimoliy chiqarib yuborilishi bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash majburiyati yuklanadi.
Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2021
Migrantlar qonunga amal qilish va Rossiyaga zarar yetkazmaslik haqida shartnoma imzolaydi

Buzding va bilarding? Uyingga ravona bo‘l!

Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov bu kishiga u biror bir narsani bilmaganini aytishga imkon bermaydigan yaxshi vosita deb hisoblaydi. Ammo migrantlar ularga imzolash uchun tutqazilgan bitimni diqqat bilan o‘qib chiqishlariga shubha bildirdi.
“Hoynahoy uni hech kim diqqat bilan o‘qib chiqmaydi. Bu sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berish to‘g‘risidagi hujjatday gap – siz uni qaramasdan imzolasangiz kerak. Lekin huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining ishlashi juda osonlashadi – qonunni buzding, zarar yetkazding, demak bila turib qilgansan – seni chiqarib yuborish kutmoqda”, - deya tushuntiradi Kojenov.
Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Patent, RVP va VNJ: muhim o‘zgarishlar kutilmoqda
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qonunlarini buzmaydiganlar uchun “qonunga rioya qilish to‘g‘risidagi bitim”ning na foydasi bor, na zarari. Bu aynan qonunbuzarlar ustidan nazorat o‘rnatish vositasi.
Kojenov “bitim”dan tashqari yangi qonunda yana ko‘plab jiddiy o‘zgarishlar borligini aytadi, ammo ularni hozircha rasman muhokama qilishmayapti. Ayrim tafsilotlar, yoki aniq bir choralar e’lon qilinyapti, xolos. Munozara kuzda boshlanadi, deydi ekspert.

Migratsiya to‘g‘risidagi yangi qonundan hammaga naf bor

“Aksioma” kompaniyalar guruhi tahlilchisi, mehnat migratsiyasi eksperti Dmitriy Ispovednikov yangi qonunchilikda paydo bo‘ladigan bu g‘oyaga ijobiy qaraydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiyaga kirayotlarni mamlakat qonunchiligi bilan tanishtirish, ularni qonunlardan boxabar qilish maqsadida ilgari surilganini ta’kidlaydi. Ammo ekspert kim va qanday qilib migrantlarni xabardor qilishi, bu jarayon qanday tashkil etilishini hozircha tushunmayotganligini aytdi.
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Rus tilida erkin so‘zlashish va Rossiya tarixi: migrantlarga qanday talablar qo‘yildi
“Qonunga rioya qilish to‘g‘risidagi bitim”dan tashqari qonunda bir qator tuzatishlar ko‘zda tutilmoqda. Bu patent, RVP, VNJ va Rossiya fuqaroligi uchun imtihonlarni o‘tkazishga ham taalluqli. Qolaversa, Rossiya hududida bo‘lishni soddalashtirish ham belgilanadi.

Yashash joyidan ro‘yxatdan o‘tish va chiqarib yuborish: ikki og‘riqli masala

Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari bo‘yicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy “bitim” rasmiyatchilik jihatdan kishilarni ko‘proq Rossiya qonunchiligiga rioya qilishga undashini aytadi.
“Bu nuqtayi nazardan – bu “bitimni” imzolayotganlar uchun ruhiy ta’sir”.
Chunki shundoq ham Rossiya qonunchiligida hammasi belgilab qo‘yilgan: chiqarib yuborish, Rossiyaga kirishni taqiqlash, jinoiy javobgarlik. “Biroq “bitim” Rossiyada qonuniylikni yaratishdagi yana bir kichik g‘isht”, - deya qo‘shimcha qiladi Moskovskiy.
U bugungi kunda amal qilayotgan mehnat migrantlarini nazorat qilish tizimidagi muammolarga e’tibor qaratadi. Ular orasida – yashash joyidan ro‘yxatdan o‘tish va o‘sha yerda istiqomat qilish. Hammaga ma’lumki, “ayrim fuqarolar yaxshilik uchun yoki bir muncha to‘lov uchun uyida o‘nlab migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi”. So‘z o‘rnida, bu ko‘plab migrantlarning patent olmasligi, noqonuniy ishlashi va Rossiya g‘aznasiga soliq to‘lamasligining sabablaridan biridir.
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Rossiyada qonunga rioya qiladigan migrantlarni chiqarib yuborishdan himoya qilishmoqchi
Yuriy Moskovskiy yangi qonunda bu qoidalar o‘zgarishiga umid qiladi, nazorat ro‘yxatdan o‘tgan joy bo‘yicha emas (ko‘pincha soxta), balki telefon, elektron pochta yoki FMS saytidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi.
Ikki muammo – ikkita har qanday qoidabuzarlik uchun mamlakatdan chiqarib yuborish. Bu ham ko‘chani belgilanmagan joydan kesib o‘tish bo‘lish mumkin. Bunda hatto u yerda mashina bo‘lmagani va migrant yo‘l-transport hodisasiga sababchi bo‘lmagani inobatga olinmaydi. Avval boshdan barcha ekspertlar va hatto organ xodimlari bu jazo chorasi haddan ziyod ekanini aytishgandi. Jazo sodir qilingan harakatga mos kelmog‘i zarur, biroq bu band hozirgacha ishlayapti. Rossiyadan 3,5 milliongacha kishi allaqachon chiqarib yuborilgan”, - deydi ekspert.
Yuriy Moskovskiy bu meyor yangi qonunda bekor qilinishiga umid bildirmoqda va bu chorani bekor qilish to‘g‘risidagi bahs so‘nggi ikki-uch yil ichida muntazam ko‘tarilayotganini ta’kidlaydi.
Ekspert mana shu ikki bandni “qonunga rioya qilish to‘g‘risidagi bitim”dagi eng muhim jihatlari deb hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0