https://oz.sputniknews.uz/20210629/mutaxassis-emlangandan-keyin-ham-koronavirus-yuqtirib-olish-kuzatilishi-yuzasidan-izoh-berdi-19455428.html
Mutaxassis emlangandan keyin ham koronavirus yuqtirib olish kuzatilishi yuzasidan izoh berdi
Mutaxassis emlangandan keyin ham koronavirus yuqtirib olish kuzatilishi yuzasidan izoh berdi
Sputnik O‘zbekiston
Ma’lum bo‘lishicha, Zangiotadagi shifoxonada davolanayotgan bemorlarning 11 nafari birinchi vaksinatsiya bosqichidan so‘ng shifoxonaga murojaat qilgan. 29.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-29T12:13+0500
2021-06-29T12:13+0500
2021-06-29T16:55+0500
jamiyat
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/07/16149542_0:0:3067:1725_1920x0_80_0_0_0947635343519b9a958db051d9d5d6b1.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov koronavirus va emlanish haqidagi savollarga javob berdi.Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozirda olinayotan barcha vaksinalar koronavirusning mavjud shtammlaridan himoya qila oladi. Eng asosiysi, COVID-19ga qarshi emlanish kasallikning noxush va og‘ir asoratlaridan asraydi. Biroq shunday bo‘lgan taqdirda ham bunday bemorlarda xastalik yengil va alomatlarsiz o‘tadi. Ya’ni, og‘ir asoratlar va o‘lim holatiga olib kelmaydi.Uning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi yoki uchinchi dozasidan so‘ng 3 hafta davomida shakllanadi. Shu davrda emlangan inson o‘zini shaxsiy muhofaza qilishi o‘ta muhimdir.“Shu ma’noda, koronavirus infeksiyasi tufayli og‘ir ahvolga tushib qolgan bemorlarni davolayotgan shifokor sifatida barcha yurtdoshlarimizdan vaksinatsiya tadbirlariga jiddiy e’tibor berishlarini so‘ragan bo‘lardim”, - deya xulosa qildi shifoxona direktori.
https://oz.sputniknews.uz/20210627/toshkentdagi-savdo-majmualarida-aholini-covid-19-ga-ommaviy-qarshi-emlash-boshlandi-19426844.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/07/16149542_266:0:2995:2047_1920x0_80_0_0_6b3b1a23a3a35f978eb663b83012c35d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, vaksina, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Mutaxassis emlangandan keyin ham koronavirus yuqtirib olish kuzatilishi yuzasidan izoh berdi
12:13 29.06.2021 (yangilandi: 16:55 29.06.2021) Ma’lum bo‘lishicha, Zangiotadagi shifoxonada davolanayotgan bemorlarning 11 nafari birinchi vaksinatsiya bosqichidan so‘ng shifoxonaga murojaat qilgan.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov koronavirus va emlanish haqidagi savollarga
javob berdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozirda olinayotan barcha vaksinalar koronavirusning mavjud shtammlaridan himoya qila oladi. Eng asosiysi, COVID-19ga qarshi emlanish kasallikning noxush va og‘ir asoratlaridan asraydi.
“To‘g‘ri, ayrim hollarda vaksina olgandan keyin ham kasallanish mumkin, biroq bu holat asosan vaksinatsiyaning faqatgina birinchi bosqichidan o‘tgan, ya’ni uni belgilangan tartibda to‘liq olmagan insonlarda kuzatiladi.Xususan, ayni paytda shifoxonamizda davolanayotgan 11 nafar bemor aynan birinchi vaksinatsiya bosqichidan so‘ng shifoxonaga murojaat qilgan bo‘lib, ularning immun tizimida neytrallovchi antitanachalarning (Nab) titri hali to‘liq shakllanmagan davrda kasallanish yuz bergan”, - deydi Husanov.
Biroq shunday bo‘lgan taqdirda ham bunday bemorlarda xastalik yengil va alomatlarsiz o‘tadi. Ya’ni, og‘ir asoratlar va o‘lim holatiga olib kelmaydi.
Uning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi yoki uchinchi dozasidan so‘ng 3 hafta davomida shakllanadi. Shu davrda emlangan inson o‘zini shaxsiy muhofaza qilishi o‘ta muhimdir.
“Shu ma’noda, koronavirus infeksiyasi tufayli og‘ir ahvolga tushib qolgan bemorlarni davolayotgan shifokor sifatida barcha yurtdoshlarimizdan vaksinatsiya tadbirlariga jiddiy e’tibor berishlarini so‘ragan bo‘lardim”, - deya xulosa qildi shifoxona direktori.