https://oz.sputniknews.uz/20210629/afgonistonning-yana-47-nafar-fuqarosi-ozbekiston-chegarasini-buzdi--tiv-19450434.html
Afg‘onistonning yana 47 nafar fuqarosi O‘zbekiston chegarasini buzdi – TIV
Afg‘onistonning yana 47 nafar fuqarosi O‘zbekiston chegarasini buzdi – TIV
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yana bir bor Afg‘onistonda keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda ekanligini bildirgan. 29.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-29T09:06+0500
2021-06-29T09:06+0500
2021-07-06T12:36+0500
o‘zbekiston tiv
chegara
afg‘oniston
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/19/9051904_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_eb5a017cc31a9a3aaacba2cb587319a6.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi davlat chegarasining Afg‘oniston fuqarolari tomonidan buzilishining yangi holatlarini ma’lum qildi.27 iyun kuni 44 kishidan iborat Afg‘oniston chegara qo‘shinlari va mahalliy qurolli guruh vakillari Sho‘rtepa tumani hududida O‘zbekistonning davlat chegarasini buzgan. Bir kun avval, ya’ni 26-iyun kuni chegaraning ushbu qismida qo‘shni mamlakat kuch ishlatar tizimlari 3 nafar vakilining O‘zbekiston hududiga kirib kelish holati qayd etilgan. Vazirlik barcha Afg‘oniston fuqarolari o‘z vataniga qaytarilganini bildirgan.O‘zbekiston yana bir bor Afg‘onistonda keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda ekanligini bildirgan va kurashayotgan tomonlarni tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishining oldini olishga va kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirgan.“O‘zbekiston Hukumati Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini davom ettirish, neytralitetni saqlash hamda qo‘shni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligini qat’iy ma’lum qiladi”, - deyiladi TIV rasmiy bayonotida.Eslatib o‘tamiz, 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tgani xabar qilingan edi. Zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng ushbu afg‘on fuqarolari vataniga qaytarilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210628/afgon-qozoni-qaynamoqda--markaziy-osiyo-yomon-vaziyatga-hozirlanmoqda-19444886.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/19/9051904_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_36d47710d28a58bee79927a6320c9e8f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tiv, chegara, afg‘oniston, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
o‘zbekiston tiv, chegara, afg‘oniston, afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
Afg‘onistonning yana 47 nafar fuqarosi O‘zbekiston chegarasini buzdi – TIV
09:06 29.06.2021 (yangilandi: 12:36 06.07.2021) O‘zbekiston yana bir bor Afg‘onistonda keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda ekanligini bildirgan.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi davlat chegarasining Afg‘oniston fuqarolari tomonidan buzilishining yangi holatlarini ma’lum qildi.
27 iyun kuni 44 kishidan iborat Afg‘oniston chegara qo‘shinlari va mahalliy qurolli guruh vakillari Sho‘rtepa tumani hududida O‘zbekistonning davlat chegarasini buzgan. Bir kun avval, ya’ni 26-iyun kuni chegaraning ushbu qismida qo‘shni mamlakat kuch ishlatar tizimlari 3 nafar vakilining O‘zbekiston hududiga kirib kelish holati qayd etilgan. Vazirlik barcha Afg‘oniston fuqarolari o‘z vataniga qaytarilganini bildirgan.
“O‘zbekiston hududiga bu kabi noqonuniy o‘tishga urinishlar qat’iy ravishda bartaraf etiladi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston yana bir bor Afg‘onistonda keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda ekanligini bildirgan va kurashayotgan tomonlarni tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishining oldini olishga va kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirgan.
“O‘zbekiston Hukumati Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini davom ettirish, neytralitetni saqlash hamda qo‘shni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligini qat’iy ma’lum qiladi”, - deyiladi TIV rasmiy
bayonotida.Eslatib o‘tamiz, 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Sho‘rtepa tumani hududidan O‘zbekistonga o‘tgani
xabar qilingan edi. Zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng ushbu afg‘on fuqarolari vataniga qaytarilgan.