https://oz.sputniknews.uz/20210628/turkiya-vitse-prezidenti-fuat-oktay-ozbekistonga-keladi-19437175.html
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonga keladi
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonga keladi
Sputnik O‘zbekiston
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 28.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-28T10:33+0500
2021-06-28T10:33+0500
2021-06-28T10:33+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkiya
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19437146_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6e2c219002e890f646133275c8037fd4.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Kelgusi haftada Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekiston tashrif buyuradi. Tashrifga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Turkiyaning respublikadagi elchisi Olgan Bekar muhokama qildi.Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi hamda O‘zbek-turk biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Ushbu tadbirlar doirasida ikki tomonlama hujjatlarning yirik to‘plamini imzolash rejalashtirilganligi va ularning amalda joriy etilishi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining yanada rivojlanishiga yangi turtki berishi ta’kidlandi.Qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishni nazarda tutgan holda kutilayotgan tadbirlar kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishga kelishildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210611/turkiya-va-ozbekiston-shaharlari-ortasidagi-aviaqatnovlar-tiklanmoqda-19214402.html
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19437146_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_37a781c3360aafebbff3893106829ff2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, turkiya, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
siyosat, o‘zbekiston, turkiya, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonga keladi
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28 iyun — Sputnik. Kelgusi haftada Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekiston tashrif buyuradi. Tashrifga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Turkiyaning respublikadagi elchisi Olgan Bekar muhokama qildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
“Shuningdek, kelgusi haftada Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi hamda O‘zbek-turk biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirlar doirasida ikki tomonlama hujjatlarning yirik to‘plamini imzolash rejalashtirilganligi va ularning amalda joriy etilishi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining yanada rivojlanishiga yangi turtki berishi ta’kidlandi.
Qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishni nazarda tutgan holda kutilayotgan tadbirlar kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishga kelishildi.