https://oz.sputniknews.uz/20210628/toshkentda-qiz-yongindan-qutulish-maqsadida-4-qavatdan-sakradi-19447232.html
Toshkentda qiz yong‘indan qutulish maqsadida 4-qavatdan sakradi
Toshkentda qiz yong‘indan qutulish maqsadida 4-qavatdan sakradi
Sputnik O‘zbekiston
FVV Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. 28.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-28T19:26+0500
2021-06-28T19:26+0500
2021-06-28T19:26+0500
hodisalar
yong‘in
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/09/15965258_0:0:3295:1853_1920x0_80_0_0_455bfe6488bec7657f4135b1054fd839.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. FVV Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqqani bois, ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur hodisa Toshkent shahar Yashnobod tumani Alimkent 1-tor ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, xonadondagi mebel jihozida (4 kv.m.) yong‘in kelib chiqqan. Natijada, mehmonga kelgan fuqaro S.A. uyning orqa tomonidagi derazadan chiqadi. FVV xodimlari tomonidan avtonarvon yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda ayolning qo‘llari toliqib, to‘rtinchi qavatdan o‘zini tashlaydi. Fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazildi. Jabrlangan fuqaro travmatologiya bo‘limiga olib borilganda, u mast holda bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa oqibatida S.A.ga jiddiy jarohat yetmagan. Hozirda uning ahvoli o‘nglanmoqda. Yaqin kunlar ichida fuqaroga javob beriladi”, - deyilgan FVV bayonotida.
https://oz.sputniknews.uz/20210609/toshkentda-fvv-xodimi-chokayotgan-fuqarolarni-qutqarish-vaqtida-halok-boldi-19172919.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/09/15965258_564:0:3295:2048_1920x0_80_0_0_ad95c5e260629f6f152629459e33dbe8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , yong‘in, toshkent
hodisalar , yong‘in, toshkent
Toshkentda qiz yong‘indan qutulish maqsadida 4-qavatdan sakradi
FVV Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. FVV Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqqani bois, ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur hodisa Toshkent shahar Yashnobod tumani Alimkent 1-tor ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, xonadondagi mebel jihozida (4 kv.m.) yong‘in kelib chiqqan. Natijada, mehmonga kelgan fuqaro S.A. uyning orqa tomonidagi derazadan chiqadi. FVV xodimlari tomonidan avtonarvon yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda ayolning qo‘llari toliqib, to‘rtinchi qavatdan o‘zini tashlaydi. Fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazildi.
Jabrlangan fuqaro travmatologiya bo‘limiga olib borilganda, u mast holda bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa oqibatida S.A.ga jiddiy jarohat yetmagan. Hozirda uning ahvoli o‘nglanmoqda. Yaqin kunlar ichida fuqaroga javob beriladi”, - deyilgan FVV bayonotida.