https://oz.sputniknews.uz/20210628/oav-merkel-covid-19-tufayli-britaniyaliklarning-eiga-kirishini-taqiqlashni-taklif-qiladi-19441422.html
OAV: Merkel COVID-19 tufayli britaniyaliklarning YeIga kirishini taqiqlashni taklif qiladi
OAV: Merkel COVID-19 tufayli britaniyaliklarning YeIga kirishini taqiqlashni taklif qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bir qator mamlakatlar, jumladan, Gretsiya, Ispaniya, Kipr, Malta va Portugaliya Germaniyaning bunday taklifiga qarshi chiqishni rejalashtirgan. 28.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-28T13:50+0500
2021-06-28T13:50+0500
2021-06-28T13:52+0500
dunyoda
yevropa ittifoqi
buyuk britaniya
covid-19 umumjahon pandemiyasi
angela merkel
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19441302_0:80:1640:1003_1920x0_80_0_0_f30f02d17be29cf2bdd6b7d2beac81c4.jpg
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkel yevropalik hamkasblari bilan koronavirusning hindcha “delta” shtammi tarqalishi sabab Buyuk Britaniya fuqarolarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishini taqiqlash imkoniyatini muhokama qilmoqchi. Bu haqda “The Times” gazetasi xabar qildi.Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Merkel Buyuk Britaniyani “tashvish keltirib chiqaruvchi” mamlakat deb e’lon qilib, britaniyaliklarning YeI mamlakatlarini kelishni taqiqlashni taklif qilish niyatida. Aniqlik kiritilishicha, taqiq Buyuk Britaniyaning ham emlangan, ham emlanmagan fuqarolariga taalluqli bo‘lishi mumkin.Gazeta manbasining ma’lum qilishicha, bir qator mamlakatlar, jumladan, Gretsiya, Ispaniya, Kipr, Malta va Portugaliya Germaniyaning bunday taklifiga qarshi chiqishni rejalashtirgan.O‘tgan yil oktabrida Hindistonda aniqlangan koronavirusning yangi shtammi “delta” deb nomlangan edi. O‘shandan buyon u butun dunyo bo‘ylab tarqaldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, “delta” shtammi 85 dan ziyod mamlakatlarda aniqlangan. So‘nggi kunlarda Buyuk Britaniyada ham bu shtamm bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Shu bois hukumat ilgari bekor qilinishi rejalashtirilgan karantin choralarini ortga surishga majbur bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210625/bsst-delta-shtammi-dastlabki-koronavirusdan-ikki-barobar-yuqumliroq-19404960.html
https://oz.sputniknews.uz/20210616/kovidning-hindistonda-paydo-bolgan-delta-varianti-alomatlari--19258743.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19441302_98:0:1543:1084_1920x0_80_0_0_8930cbf10aa7fe55cae71735194fe484.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, yevropa ittifoqi, buyuk britaniya, covid-19 umumjahon pandemiyasi, angela merkel
dunyoda, yevropa ittifoqi, buyuk britaniya, covid-19 umumjahon pandemiyasi, angela merkel
OAV: Merkel COVID-19 tufayli britaniyaliklarning YeIga kirishini taqiqlashni taklif qiladi
13:50 28.06.2021 (yangilandi: 13:52 28.06.2021) Bir qator mamlakatlar, jumladan, Gretsiya, Ispaniya, Kipr, Malta va Portugaliya Germaniyaning bunday taklifiga qarshi chiqishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkel yevropalik hamkasblari bilan koronavirusning hindcha “delta” shtammi tarqalishi sabab Buyuk Britaniya fuqarolarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishini taqiqlash imkoniyatini muhokama qilmoqchi. Bu haqda
“The Times” gazetasi xabar qildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Merkel Buyuk Britaniyani “tashvish keltirib chiqaruvchi” mamlakat deb e’lon qilib, britaniyaliklarning YeI mamlakatlarini kelishni taqiqlashni taklif qilish niyatida. Aniqlik kiritilishicha, taqiq Buyuk Britaniyaning ham emlangan, ham emlanmagan fuqarolariga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Gazeta manbasining ma’lum qilishicha, bir qator mamlakatlar, jumladan, Gretsiya, Ispaniya, Kipr, Malta va Portugaliya Germaniyaning bunday taklifiga qarshi chiqishni rejalashtirgan.
O‘tgan yil oktabrida Hindistonda aniqlangan koronavirusning yangi shtammi “delta” deb nomlangan edi. O‘shandan buyon u butun dunyo bo‘ylab tarqaldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, “delta” shtammi 85 dan ziyod mamlakatlarda aniqlangan. So‘nggi kunlarda Buyuk Britaniyada ham bu shtamm bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Shu bois hukumat ilgari bekor qilinishi rejalashtirilgan karantin choralarini ortga surishga majbur bo‘lgan.