https://oz.sputniknews.uz/20210627/zangiotadagi-yuqumli-kasalliklar-shifoxonasining-reanimatsiya-bolimida-bosh-orin-qolmayapti-19430803.html
Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida bo‘sh o‘rin qolmayapti
Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida bo‘sh o‘rin qolmayapti
Sputnik O‘zbekiston
Ayni paytda 2016 ta o‘ringa ega bo‘lgan shifoxonada 1400 nafardan ortiq bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda. 27.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-27T16:59+0500
2021-06-27T16:59+0500
2021-06-27T17:02+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
zangiota tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/12/18386483_925:388:3357:1756_1920x0_80_0_0_27ddcb4445b867395b815cc0b2713c0e.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Oxirgi 10-15 kun ichida Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bemorlar murojaatlari ko‘paydi. Bu haqda muassasa direktori Anvar Husanov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakat, xususan, poytaxtdagi epidemiologik vaziyatning biroz murakkablashishi mazkur shifoxona faoliyatiga ham ta’sir etmay qolmagan.“Ayniqsa, oxirgi ikki hafta davomida tibbiyot muassasamizga murojaat qiluvchi bemorlar soni keskin ortgani, biz shifokorlarni jiddiy tashvishga solmoqda. Xususan, ayni paytda 2016 ta o‘ringa ega bo‘lgan shifoxonada 1400 nafardan ortiq bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda”, - deydi Husanov.Uning ta’kidlashicha, shifoxonada 6 ta reanimatsiya bo‘limi bor va ularda 232 ta o‘rin tashkil qilingan. Husanov reanimatsiya bo‘limidagi har bir o‘rin sun’iy nafas berish va zamonaviy davolash apparatlari bilan jihozlanganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, har bir bo‘limda sanitar o‘tkazgich tashkil qilingan.SSV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kovid bilan kasallanganlar soni soni 109 223 nafarga yetgan. Shulardan 105 006 nafari shifo topgan. 729 kishi virus qurboni bo‘lgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210627/toshkentdagi-savdo-majmualarida-aholini-covid-19-ga-ommaviy-qarshi-emlash-boshlandi-19426844.html
zangiota tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/12/18386483_1020:295:3357:2048_1920x0_80_0_0_c9f260161d4802f8b3a505ae9845ecea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), zangiota tumani
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), zangiota tumani
Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida bo‘sh o‘rin qolmayapti
16:59 27.06.2021 (yangilandi: 17:02 27.06.2021) Ayni paytda 2016 ta o‘ringa ega bo‘lgan shifoxonada 1400 nafardan ortiq bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Oxirgi 10-15 kun ichida Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bemorlar murojaatlari ko‘paydi. Bu haqda muassasa direktori Anvar Husanov
ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakat, xususan, poytaxtdagi epidemiologik vaziyatning biroz murakkablashishi mazkur shifoxona faoliyatiga ham ta’sir etmay qolmagan.
“Ayniqsa, oxirgi ikki hafta davomida tibbiyot muassasamizga murojaat qiluvchi bemorlar soni keskin ortgani, biz shifokorlarni jiddiy tashvishga solmoqda. Xususan, ayni paytda 2016 ta o‘ringa ega bo‘lgan shifoxonada 1400 nafardan ortiq bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda”, - deydi Husanov.
Uning ta’kidlashicha, shifoxonada 6 ta reanimatsiya bo‘limi bor va ularda 232 ta o‘rin tashkil qilingan.
“Hozirgi kunda ushbu reanimatsiya bo‘limlarida 203 nafar bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda. Bo‘sh o‘rinlar soni esa 29 tani tashkil etmoqda”, - dedi muassasa direktori.
Husanov reanimatsiya bo‘limidagi har bir o‘rin sun’iy nafas berish va zamonaviy davolash apparatlari bilan jihozlanganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, har bir bo‘limda sanitar o‘tkazgich tashkil qilingan.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kovid bilan kasallanganlar soni soni 109 223 nafarga yetgan. Shulardan 105 006 nafari shifo topgan. 729 kishi virus qurboni bo‘lgan.