Rossiya NKVD faoliyati haqidagi muhim hujjatlarni O‘zbekistonga topshiradi

© Press-slujba RosgvardiiDIREKTOR ROSGVARDII VIKTOR ZOLOTOV PROVEL RABOChUYu VSTREChU S KOMANDUYuShIM NATSIONALЬNOY GVARDIYeY UZBEKISTANA RUSTAMOM DJURAYeVIM
DIREKTOR ROSGVARDII VIKTOR ZOLOTOV PROVEL RABOChUYu VSTREChU S KOMANDUYuShIM NATSIONALЬNOY GVARDIYeY UZBEKISTANA RUSTAMOM DJURAYeVIM - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2021
Obuna bo‘lish
Rosgvardiya tomonidan topshirilgan NKVD faoliyatiga oid foto va video materiallar Milliy gvardiya muzeyiga joylashtiriladi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi boshlig‘i Rustam Jo‘rayev va Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov 25-iyun kuni onlayn uchrashuv o‘tkazishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya muassasi.
Zolotov o‘zbekistonlik hamkasabasiga SSSR NKVDsining Ikkinchi Jahon urushi yillarida Respublika hududida olib borgan faoliyatiga taaluqli foto va video materiallarni topshirishini ma’lum qildi. Hujjatlar diplomatik kanallar orqali jo‘natiladi va keyinchalik O‘zbekiston Milliy gvardiyasi muzeyiga topshiriladi.
Uchrashuvda tomonlar, epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan so‘ng, birgalikda aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari tashkillashtirish, o‘zaro delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, ommaviy sport va madaniy tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda qo‘riqlash faoliyatida tajriba almashish borasida kelishib olishdi.
Uchrashuv yakunida Viktor Zolotov Rustam Jo‘rayevni Sankt-Peterburgda 10-12 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “EKSPOTEXNOSTRAJ-2021” - davlat va shaxs xavfsizligini ta’minlash eng yangi vositalari ko‘rgazmasiga taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0