Yo‘l qoidasi – qismat foydasi

Obuna bo‘lish
Yo‘l-harakati qoidalariga amal qilish - aksariyat musulmon davlatlarida sharan vojib amal deb tan olingan.
Islom shariati musulmon haydovchisidan yo‘l harakati qoidalariga faqat nazoratchi uchun emas sitqidildan amal qilishni talab qiladi.
Musulmon haydovchi ma’suliyatsizligi oqibatida baxtsiz hodisa ro‘y bersa, u nafaqat jamiyat balkim Olloh oldida ham gunohkor bo‘ladi. Bu haqida O‘zbekiston Musulmonlar idorasining fatvosida batafsil aytib o‘tilgan.
Islom shariati yo‘l harakati qoidalariga ijtimoiy qoidalar sifatida qaraydi va hayotni, avlodni va mulkni asrash uchun ularga rioya qilishni buyuradi.
Aksariyat qoidabuzarliklar shariat bo‘yicha ham gunohga teng hisoblanadi. Ular orasida tezlikni oshirish, ehtiyotsizlik oqibatida qurbon bo‘lish, mast holda rulga o‘tirish, zaruratsiz signal chalish va ko‘zni qamashtiradigan chiroqlarni yoqib yurish va boshqalar.
Islomda, yo‘l harakati qoidalari piyodalar uchun ham teng miqyosda amal qiladi. Ulardan o‘zlari uchun belgilangan yo‘laklardan yurish va hayotini xatarga qo‘ymaslik talab etiladi. Qoidalarni bila turib, o‘z hayotini xatarga qo‘yish - gunoh hisoblanadi.
Batafsil infografikamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0