Nazarboyev "Sputnik V" bilan emlandi

© Twitter/@Aidos_UkibayNazarbayev vilechilsya ot koronavirusa
Nazarbayev vilechilsya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
Obuna bo‘lish
Nursulton Nazarboyev “Sputnik V” vaksinasining birinchi komponentini oldi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Qarag‘anda farmatsevtika zavodida ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasining birinchi komponentini oldi. Bu haqda uning maslahatchisi va matbuot kotibi Aidos Ukibay ma’lum qildi.
Shundan so‘ng Nazarboyev qozog‘istonliklarni sanitariya-epidemiologik xavfsizlik choralariga rioya qilish va faol emlanishga chaqirdi.
Meditsinskiy rabotnik derjit v rukax ampulu s rossiyskim preparatom ot koronavirusnoy infeksii Gam-Kovid-Vak (Sputnik V) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
Homilador ayollarni "Sputnik V" bilan emlashga ruxsat berildi
"Hozirgi vaqtda Qozog‘istonda uch millionga yaqin odam emlandi. Bugun men ham koronavirusga qarshi vaksinani qabul qildim. Men barcha qozog‘istonliklarni emlanishni faol davom ettirishga va bundan qo‘rqmaslikka chaqiraman. Ayniqsa, virusning yangi shtammlari paydo bo‘lgani fonida hozir emlanish juda muhim. Bu o‘zining sog‘lig‘i uchun amalga oshirish kerak. Biz qiyin paytda yashayapmiz. Bularning barchasini birgalikda boshdan kechirishimiz kerak. Barchaga chin dildan sog‘liq va farovonlik tilayman ", - dedi Nursulton Nazarboyev.
Yangiliklar lentasi
0