O‘zbekistonga kovidning “hindcha” shtammi yetib keldimi?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskovskiy klinicheskiy sentr infeksionnix bolezney "Voronovskoe"
Moskovskiy klinicheskiy sentr infeksionnix bolezney Voronovskoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistonda ilk bor koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekistonda ilk bor koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlangani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Bu esa jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan SSV Matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Atabekovga murojaat qildi:
“Darhaqiqat, bugun yurtimiz ommaviy axborot vositalari va internet saytlarida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan berilgan ma’lumot – ya’ni vazirlik huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlangani to‘g‘risida xabarlar berildi.
Rodstvennik cheloveka, umershego ot COVID-19, vo vremya krematsii v Djammu, Indiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Hindiston "delta +" shtammi "yashin tezligida" yuqishini ma’lum qildi
Aslida yurtimiz aholisi O‘zbekiston hududiga koronavirusning yangi shtammi kirib keladigan bo‘lsa, bunga jiddiy e’tibor berishga odatlanib qoldi. Eslasak, bundan avval mamlakatimizda “COVID-19”ning “britancha” shtammi ilk bor aniqlanganda ham aynan mana shunday munosabatlar, shu kabi shov-shuvlarning guvohi bo‘lganmiz. Aslida butun Yer yuzidagi murakkab pandemiya sharoitida bu narsani to‘g‘ri va normal holat sifatida qabul qilish lozim”, - deb ta’kidladi Atabekov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo miqyosida koronavirusni ilmiy izlanishlar maqsadida doimiy kuzatib borayotgan ilg‘or laboratoriyalar mutaxassislari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda “COVID-19” kasalligining 5000 ta, ayrim soha vakillarining fikricha esa 7000 dan ko‘proq mutatsiyaga uchragan shtammlari paydo bo‘lgan. Mutatsiyaga uchragan shtammlar faqat kasallikning tarqalish tezligi, uni yuqtirib olgan odamlarda yengil yoki og‘ir o‘tishi, yosh toifasida farq bo‘lishi mumkin.
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya parlamenti migrantlarga doir yangi qonunni ma’qulladi
“Aytish mumkinki, aslida koronavirusning mutatsiyaga uchragan va uchramagan hamma shatmmlarining eng asosiy mikroorganizmi “COVID-19” shtammi bo‘lganligi va ushbu shtamm bilan chaqirilgan kasallikning klinik belgilari, laboratoriya tashxisi, profilaktikasi, oldini olish choralari, vaksinalardan foydalanib, himoyalanish darajasi bir xil bo‘lgani uchun ularni chuqur etiologik omilini aniqlash va qanday virus ekanligini oxirigacha tekshirib borishga ehtiyoj yo‘q.
Ilg‘or texnologiyalar markazida koronavirusning “hindcha” shtammi aniqlangani to‘g‘risidagi xabarga kelsak, dastlabki laborator teshiruv natijalari ushbu taxminni katta ehtimol bilan tasdiqlamoqda. Ammo to‘g‘ri xulosaga kelish uchun yakuniy tahlillarni to‘liq o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi”, - dedi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0