"Yangi Andijon" qanday bo‘ladi?

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni Andijon viloyatida yangi shahar qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.
Yangi shahar 450 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning umumiy maydoni 4 ming gektar bo‘ladi. Undan 2 ming gektari turar joy, ijtimoiy va infratuzilma obyektlari, sanoat zonalari va qolgan 2 mingi yashil hududlar bo‘ladi.
Qurilishning birinchi bosqichi 2021-yilga rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondidan 100 mln dollar ajratiladi.
Ushbu mablag‘ evaziga 170ta ko‘p qavatli uylar, 1680 o‘rinli maktab, poliklinika, avtomobil yo‘llari, elektr va suv tarmoqlari hamda 385 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurish rejalashtirilgan.
Batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0