Samarqanddan Istanbulga parvozlar soni ko‘paytirilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishCamolet Boeing 767 aviakompanii Uzbekistan v aeroportu "Vnukovo" imeni A. N. Tupoleva.
Camolet Boeing 767 aviakompanii Uzbekistan v aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Obuna bo‘lish
Iyuldan Samarqanddan Istanbulga haftasiga uch marta muntazam qatnovlar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ joriy yilning iyul oyidan boshlab Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishidagi parvozlarni ko‘paytiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aviaqatnovlar haftasiga uch marta, dushanba, chorshanba va juma kunlari bajariladi.
Yo‘lovchilar Samarqand – Istanbul yo‘nalishida aviachiptalarni 2 mln 935 ming so‘mdan, Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishida esa aviachiptalarni 4 mln 282 ming so‘mdan boshlab sotib olishlari mumkin.
Passajiri v zale vileta v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi parvozlar haftasiga 14 tagacha ko‘paytirilishi mumkin
Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” AJ 4-iyuldan boshlab Urganch–Istanbul yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklashi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0