https://oz.sputniknews.uz/20210623/rossiyada-hayvonlar-uchun-koronavirusga-qarshi-antitanachalarni-aniqlash-testi-yaratildi-19373792.html
Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlash testi yaratildi
Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlash testi yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada hayvonlarda koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlash testi yaratildi. 23.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-23T14:31+0500
2021-06-23T14:31+0500
2023-04-05T18:33+0500
rossiya
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/473/85/4738526_0:0:3585:2017_1920x0_80_0_0_80a4a96b1419608154b68b7417b31987.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. “Hayvonlarning sog‘lig‘ini saqlash federal markazi”ning mutaxassislari (“VNIIZJ” FGBU, Rosselxoznadzorga bo‘ysunuvchi muassasa) hayvonlarning qon zardobida SARS-CoV-2 virusiga qarshi antitanachilarni aniqlash uchun test-tizimini ishlab chiqishdi.Antitanachalarni aniqlash tizimi keng qo‘llaniladigan ferment bilan bog‘langan immunoferment (IFA) texnologiyasiga asoslangan.Qon zardobini tekshirish jarayonida hayvon organizmida SARS-CoV-2 virusi uchun ishlab chiqarilgan o‘ziga xos antitanachalarni aniqlay oladi. Tahlil qilinayotgan qon namunasida antinachalar mavjud bo‘lsa, ular rangli kaskad reaksiyasini keltirib chiqaradi.Rangning o‘zgarishini yuqori sezgir qurilmalar - tadqiqot jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradigan IFA-riderlari bilan qayd etiladi. Test tizimi uy (mushuk, it), qishloq xo‘jalik hayvonlari (cho‘chqa), mo‘ynali hayvonlar (qorako‘zan, tulki) biologik materiallarini o‘rganishda sinovdan o‘tkazildi.Ta’kidlanishicha, test tizimi bu turdagi jonivorlar qon zardobini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar uni universal deb aytishmoqda, bu infekuiyadan keyin ham, emlashdan keyin ham antitanachalarni aniqlashga imkon beradi.Test tizimining ishlashini aniqlash maqsadida emlanmagan hayvonlarni, shuningdek, “Karnivak-Kov” bilan emlangan jonivorlarni testdan o‘tkazildi."Metod yuqori o‘ziga xoslik va sezgirlikni ko‘rsatdi: emlanmagan hayvonlarda test salbiy natija ko‘rsatdi, barcha emlangan hayvonlarda SARS-CoV-2 virusiga o‘ziga xos antitanachalar borligini aniqlandi", - deb qo‘shimcha qiladi Rosselxoznadzor.Tez orada jismoniy va yuridik shaxslar test tizimini sotib olishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210331/hayvonlar-uchun-covid-vaktsina-ozbekistonda-sinovdan-otkazilishi-mumkin--18067684.html
https://oz.sputniknews.uz/20210331/rossiyada-hayvonlar-uchun-koronavirusga-qarshi-birinchi-vaktsina-royxatdan-otkazildi-18050333.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/473/85/4738526_448:0:3137:2017_1920x0_80_0_0_c111c7378576f20250ee22eab28dcb7a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, covid-19 umumjahon pandemiyasi
rossiya, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlash testi yaratildi
14:31 23.06.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Rossiyada hayvonlarda koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlash testi yaratildi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. “Hayvonlarning sog‘lig‘ini saqlash federal markazi”ning mutaxassislari (“VNIIZJ” FGBU, Rosselxoznadzorga bo‘ysunuvchi muassasa) hayvonlarning qon zardobida
SARS-CoV-2 virusiga qarshi antitanachilarni aniqlash uchun test-tizimini ishlab chiqishdi.
Antitanachalarni aniqlash tizimi keng qo‘llaniladigan ferment bilan bog‘langan immunoferment (IFA) texnologiyasiga asoslangan.
Qon zardobini tekshirish jarayonida hayvon organizmida SARS-CoV-2 virusi uchun ishlab chiqarilgan o‘ziga xos antitanachalarni aniqlay oladi. Tahlil qilinayotgan qon namunasida antinachalar mavjud bo‘lsa, ular rangli kaskad reaksiyasini keltirib chiqaradi.
Rangning o‘zgarishini yuqori sezgir qurilmalar - tadqiqot jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradigan IFA-riderlari bilan qayd etiladi. Test tizimi uy (mushuk, it), qishloq xo‘jalik hayvonlari (cho‘chqa), mo‘ynali hayvonlar (qorako‘zan, tulki) biologik materiallarini o‘rganishda sinovdan o‘tkazildi.
Ta’kidlanishicha, test tizimi bu turdagi jonivorlar qon zardobini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar uni universal deb aytishmoqda, bu infekuiyadan keyin ham, emlashdan keyin ham antitanachalarni aniqlashga imkon beradi.
Test tizimining ishlashini aniqlash maqsadida emlanmagan hayvonlarni, shuningdek, “Karnivak-Kov” bilan emlangan jonivorlarni testdan o‘tkazildi.
"Metod yuqori o‘ziga xoslik va sezgirlikni ko‘rsatdi: emlanmagan hayvonlarda test salbiy natija ko‘rsatdi, barcha emlangan hayvonlarda SARS-CoV-2 virusiga o‘ziga xos antitanachalar borligini aniqlandi", - deb qo‘shimcha qiladi Rosselxoznadzor.
Tez orada jismoniy va yuridik shaxslar test tizimini sotib olishi mumkin.