O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish ko‘payishining sabablari sanab o‘tildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVrachi
Vrachi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Obuna bo‘lish
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish ko‘payib ketayotganining sabablarini aytdi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanmay qo‘ygani va ko‘ngilochar tadbirlar ko‘payib ketgani COVID-19 bilan kasallanish ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda AOKAdagi brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.
“Aholi orasida niqoblar taqilmay qo‘yilgani — bu infeksiyaning odamdan odamga yuqishi uchun juda qulay sharoit, ya’ni hozir kunlar issiq, havo quruq — virusning havoda harakatlanishiga to‘sqinlik yo‘q va u bemalol insonlarning yuz va qo‘l terisiga yoki ko‘z shilliq qavatiga, burundan nafas olamiz — havodagi virus burun shilliq qavvatiga yoki tomoqqa tushadi hamda hujayra ichiga kirib, kasallik chaqirishga imkoniyat qidiradi", — deydi u.
Ubaydullayevaning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar ijtimoiy masofani saqlamay qo‘ygan. Bundan tashqari, juda ko‘p to‘y-hashamlar, tug‘ilgan kunlar va odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlar ko‘paytirib yuborilgan.
Bu kabi ko‘ngilochar tadbirlarda bir oila a’zolaridan tashqari bir necha oilalar va odamlar soni 30 dan ortib ketmoqda. Tadbirlar yopiq joylarda, umumiy sig‘imdan 50 foizdan ortiq odamlar ishtiroki kuzatilmoqda, ya’ni agar 100 kishilik to‘yxonada tadbir bo‘lsa, talab bo‘yicha 50 kishidan ortmasligi kerak, lekin bugungi kunda to‘y-hashamlarda 100-150 tadan odam ishtirok etmoqda.
Moskovskiy klinicheskiy sentr infeksionnix bolezney Voronovskoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
O‘zbekistonda koronavirus: kasallanganlar soni keskin oshib, 4 kishi vafot etdi
“Axir biz to‘y-hashamlarga ko‘ngil ochish uchun boramiz, unda ovqatlanish kerak, bunda uzoq davom etuvchi suhbatlar va muloqotlar bo‘ladi. Bularning hammasi koronavirus tarqalishiga katta zamin yaratmoqda”, - deya xulosa qildi u.
Qayd etish joizki, so‘nggi kunlarda respublikada kuniga 400 dan ziyod kovid bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Buning ortidan hukumat qator cheklovlar joriy etdi. Xususan, jamoat transportiga niqobsiz chiqish taqiqlandi, sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga PZR-test tahlilisiz qo‘yilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0